birga Prezident asarlari orqali izohlanadi .) Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, Prezident I.A.Karimov asarlarida davlatimizning
kelajak istiqboli ko’rsatib berilishi bilan chegaralanmasdan, balki unga erishish yo’llari ham
asosli qilib ko’rsatib berilgan.
Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XV sessiyasida
so’zlagan nutqida yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida to’xtalib, ―Bizning
asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz –
insondir. Yuksak malakaliva yuksak ma’naviyatli insondir. Kelajagi buyuk eng birinchi bo’lajak
fuqarolarning madaniyati va ma’naviyati haqida g’amxo’rlik qilmog’i zarur. Bugun hayot
qanchalik og’ir bo’lmasin ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik‖ – deb ta’kidladi.
Milliy qadriyat, ma’naviyat, madaniyat umumbashariy qadriyat, ma’naviyat va
madaniyatning sarchashmasidir. Ana shu sarchashma ma’lum makonda, ya’ni Vatanda vujudga
keladi. Shunday ekan, milliy qadriyat va madaniyat bevosita vatanparvarlik bilan uzviy
aloqadorlikdadir.
Demak, tarix darslari jarayonida bu ikki tushunchani o’quvchilar ongiga birga singdirish
maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasi maktablarida, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida
o’qitilayotgan ―O’zbekiston tarixi‖, ―Jahon tarixi‖, shu bilan birga davlat va huquq asoslari,
inson va jamiyat, o’zbek adabiyoti va chet mamlakatlar adabiyotini o’rganish jarayonida ayniqsa,
Prezidentimiz I. Karimov asarlaridan foydalanish yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizni chuqur
ehtiros bilan o’rganish va kelajagi buyuk bo’lgan davlatimizning bunyodkorligi yo’lida jangovar
vatanparvarlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim o’rin egallaydi. Buning uchun
yurtboshimizning quyidagi so’zlari diqqatga sazovordir. ―O’zbekiston fuqarosining