Тarix o’qituvchilari o’z tajribalari, kuzatishlari asosida o’quvchilar uchun mo’ljallangan, ularda
tarixiy bilimlar beruvchi turli manbalar bilan ishlash malakalarini hosil qila borishga va umuman
o’quvchilar saviyasini o’stirishga qaratilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqdilar.
Sovet psixologiyasi – pedagogikasi adabiyotida o’qitish jarayonida malaka va ko’nikmalar
deganda nimani tushunish kerakligi hamda ular o’rtasidagi nisbat nimadan iboratligi to’g`risida
ikki xil asosiy nuqtai nazar borligi ma’lum bo’ldi.
Bir xil nuqtai nazar namoyandalari ko’nikmalarni mashq qilish usulini avtomatlashtirilgan
darajada egallab olish deb, biror ishni bajara olish uchun mashq natijasida puxta bilib olingan
malaka deb va ayni bir vaqtda o’quvchilarda bilganlarini tatbiq eta bilish malakalarining o’sa
borishidagi eng yuqori bosqich deb hisoblaydilar. Malaka, o’z navbatida, to’liq nihoyasiga
yetmagan ko’nikma, hosil qilishdagi muhim bir bosqich deb ta’riflanadi.
Ikkinchi xil nuqtai nazar namoyandalari malakani o’z bilganlarini tatbiq etish jarayonida yuzaga
keladigan vazifalarni hal etish usullarini o’rganib olishdagi eng yuqori bosqich deb tushunadilar.
Shu nuqtai nazarga ko’ra, malaka turli sharoitlarda tushunibanglab va aniq bajariladigan
harakatlarga tayyorlik deb ta’riflanadi; malaka bilim asosida va mashq qilish natijasida hosil
qilinadi. Masalan, o’quvchilarning taqqoslash malakasi, taqqoslash paytida solishtirib
ko’riladigan muhim tomonlarni ular mustaqil suratda belgilay oladilar va bu ishni o’zlari
o’rganayotgan tarixiy hodisalar hamda tarixiy jarayonlarga nisbatan tatbiq etgan holda bajara
oladilar, degan ma’noni bildiradi. Bu nuqtai nazar namoyanda-lari ko’nikmani nihoyat darajada
avtomatlashib ketgan eng oddiy malaka (masalan, sanalarni yozib borish ko’nikmasi, xaritadan
tarixiy – geografyk ob’ektlarni to’g`ri ko’rsatish ko’nikmasi) deb qaraydilar. Malakalar
ko’nikmalarga qaraganda ko’proq onglilik darajasi bilan farq qiladi.
«Faoliyat maqsadi bilan
Dostları ilə paylaş: