Guruh vakili tillardan tanlab oladi va o’z guruhiga olib keladi, keyin boshqa o’quvchi shu ishni
bajaradi va zaruriy materiallar yig’ilguncha bu holat davom etadi. 10 minut davomida topshiriq
muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu jadval qo’lda tayyorlanishi ham mumkin yoki
javoblar og’zaki og’zaki ham bo’lishi mumkin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi,
o’qituvchi
esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab beradi.
―Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash‖- Kichik guruhlarda ishlashning yana bir
samarali metodi - bu nashr qilingan materiallar bilan ishlash hisoblanadi. o’quvchilarning zaruriy
axborotlarni izlab topishlari uchun, nazariy bilimlarni mustahkamlash yoki tasniflashlari uchun,
nazariy materiallarni chuqur anglab olishlari uchun bu metoddan foydalanish yaxshi samara
beradi. Sinf 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi. Guruh bir xil yoki turlicha
mazmundagi topshiriqlar,
gazetalar, jurnallar, fotoalbomlar, byulletenlar olishadi.
Zaruriy materiallar: A - I Formatli oq qog’oz, qaychi, yelim.
Topshiriqlar:
A) Gazetalardan inson huquqlari to’g’risidagi axborotlarni toping va quyidagi tartibda ularni
joylashtiring.
1) Fuqarolik
huquqlari
2) Siyosiy huquqlar
3) Iqtisodiy huquqlar
4) Ijtimoiy huquqlar
5) Madaniy huquqlar
B) Inson huquqlarini joriy etish shakllarini namoyish eting. Joriy etishning 4 guruhi mavjud:
- rioya qilish;
- bajarish;
- foydalanish;
- qo’llash.
har bir guruh (ular 4 ta) topshiriq oladi, gazetadan kerakli materiallarni topadi, maqolalarni,
suratlarni qirqib oladi va plakatga yelimlaydi, zaruriy matnni sharhlaydi. har bir guruh o’z
sardorini aniqlaydi va ular ish yakuni to’g’risida hisobot beradilar. Boshqa guruh o’quvchilari
savollar berishadi va ishni baholashadi.
Bu metodni qo’llash davomida o’quvchilardan barcha materiallar yig’ib olinadi, aksincha
o’quvchilar gazetalardagi boshqa qiziqarli maqolalarni o’qishga kirishib ketadilar va sardorlar
fikrlariga quloq solmaydilar. o’quvchilardan ehtiyot bo’lib ishlash talab etiladi, ortiqcha qog’oz
qirqish, yelimlash, sinfni ifloslantirishga yo’l qo’yilmaydi.
― Debatlar ‖ Debatlar asosida darslarni tashkil etishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad
muammoning yechimini topishda o’quvchi o’zgalarni o’z yondashuvining to’g’riligiga
ishontirishdir. O’z fikrini aniq va mantiqiy bayon etish, buning uchun esa ishonarli dalillar va
xulosalar topish ko’nikmalarini shakllantirishda debatlar o’tkazish samarali metod hisoblanadi.
Ular o’quvchilarda ijtimoiy fikrni o’zgartirishga ta'sir etish qobiliyati mavjudligiga ishonch
tuyg’ularini rivojlantiradi.
Metodik tavsiyalar: Debatlar mavzusini anglab yetishlari uchun o’quvchilarga sharoit
tug’diriladi. Buning uchun esa mavzuni rezolyutsiya shaklida ifodalash kerak bo’ladi. Ma'lumki,
rezolyutsiya har doim mavjud holatni o’zgartirishni talab etadi. Misol uchun, ―qabul qilingan:
AQSh Oliy sudi oliy jazoning nokonstitutsiyaviyliligini tan oldi‖.
Mashg’ulotga mahalliy mutaxassislardan (olim, vrach, muhandis, ijtimoiy arbob va boshqa) biri
taklif etiladi.
Debatda qatnashish uchun iqtidorli o’quvchilar tanlanadi va ular ikki guruhga ajratiladi:
rezolyutsiyani qo’llab-quvvatlaydigan va ularga qarshi chiquvchi ishtirokchilar debatlarni
o’tkazish qoidasini chuqur o’zlashtirgan bo’lishlari kerak. Guruh sardori reglamentga rioya
qilishni kuzatuvchi - yordamchini tayinlaydi.
―Konstruktiv argumentlar‖ (3-5ta holatga asoslangan; mantiqiy ifodalangan va daliliy materiallar
bilan mustahkamlangan argumentlar tayyorlash uchun o’quvchilarga yetarlicha vaqt beriladi.
Ularga muammoning ko’lamini anglash va bahsda o’z fikrini saqlab qolishlari uchun aniq,
o’quvchiga yechimini topish uchun taklif etilgan muammo bo’yicha o’z o’rnini aniqlab olishi
uchun imkon beriladi. Misol uchun, Toshkentda 16 fevral voqealari nima uchun sodir bo’lganligi
to’g’risida. Muammoga o’quvchidan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish
mumkin: Sening fikring qanday? Bu haqda sen nimalarni o’ylaysan? va boshqa.
2.O’z fikrini oydinlashtirish.
o’quvchilarning bildirgan fikrlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ularga qo’shimcha tarzda
quyidagi savollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisan? O’z fikringni tushuntira olasanmi? Bu
nima degani?
3.o’quvchilarning fikrlarini asoslanganligini tekshirish.
Bu yerda quyidagicha savollarning berilishi o’rinlidir: Nima uchun sen aynan shunday deb
o’ylaysan? Sening mavqeingni tasdiqlovchi qanday asoslar bor? Nima uchun senda shunday
taassurot tug’ildi? qanday argumentlarni bildirgan fikring foydasiga keltirasan? Sening fikringni
nima isbotlaydi? va hokazo.
4.Boshqalar fikrini o’rganish.
Inson o’z fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi va suhbatdoshining fikriga hurmat
va ehtirom bilan qaravermaydi. Ayniqsa bu holatni ko’proq o’smirlarda kuzatish mumkin.
Shubhasiz, ko’p hollarda buning aksini ham ko’rish mumkin. Shu bilan birgalikda qator
murakkab muammolarning yechimini topishda o’zgalar fikrini eshitish va tinglash ko’nikmasi
juda asqotadi. Bu ko’nikmani o’quvchilarda shakllantirishni xohlasangiz, marhamat, quyidagi
savollar bilan murojaat qiling: o’z fikringizga muqobil bo’lgan holatni bayon qila olasizmi? Bu
haqda boshqalar nima deyin mumkin? Tanqidga uchrashingiz mumkinmi?
5.o’z holatini va o’zgalar fikrini tahlil etish.
Bu haqda nafaqat o’smirlar, balki kattalar ham ko’pincha o’ylashmaydilar. o’quvchi
xususiy fikri
bilan to’g’ri kelmaydigan fikrlarni ham o’zaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni aniqlash
uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak. Shu maqsad uchun quyidagi savollar
asqotishi mumkin: o’z fikring ojizligi nimada? qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun kuchli
yoki nima uchun kuchsiz? qanday fikrlar sizning mavqeingizni mustahkamlaydi yoki uni
kuchsizlantiradi?
o’rganilayotgan muammo bo’yicha har ikkala fikrlarning mantiqiy oqibatlarini o’rganish uchun
savollar: agar sizning g’oyangiz qabul qilinsa, nimalar ro’y berishi mumkin? Bu jamiyatga
qanday ta'sir ko’rsatadi? Uning natijasi kelajakka foyda beradimi?
6. Muammo bo’yicha yechim qabul qilish.
Bu ―tanqidiy fikrlash‖ metodining so’ngi bosqichi hisoblanib, o’quvchilar tomonidan bildirilgan
turlicha fikrlar qaytadan baholanadi va mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: qaysi natija eng
qulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo’ldi? Siz bahsga qanday nuqta
qo’ygan bo’lardingiz? va hokazo.
Bu metodlardan didaktik jarayonning qaysi bosqichida foydalanish kerak? Shubhasiz, mavjudlik
algoritmida (MA) - o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etishda - mustaqil o’z-o’zini
(sinfdoshin ) o’qitishda, yakka tartibda,
kichik
Dostları ilə paylaş: