Tarix o’qitish tajribasida o’quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari
mavjud:
a) o’qituvchi o’z bayonini o’quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko’rsatish
bilan bog’lab olib boradi. Tanlab olingan o’sha kadrlarni izohlaydi va tegishli xulo a
chiqaradi.
b) 10-15 daqiqali qisqa o’quv filmlariga bag’ishlab dars o’tkaziladi.
c) maxsus kino darsi tashkil etiladi.
d) darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.
Ta'lim tizimida ijobiy o’zgarishlar davom etayotgan bir paytda tarix o’qitishda
teleeshittirishdan ikki xilida foydalanilmoqda.
1)
sinfda qabul qilish uchun beriladigan o’quv ko’rsatuvlarini komyuterlar orqali
o’quvchilarga yetkazish.
2)
o’qishdan tashqari vaqtlardagi teleko’rsatuvlar. O’quvchilar bu
eshittirishlarni uyda tomosha qiladilar. O’quv teleko’rsatuvlarini qabul qilish uchun maktabda
oynalari parda bilan berkitilgan, ikki televizorli maxsus yoritish apparatlari muhayyo
bo’lgan sinf xonasi bo’lishi zarur.
Darsda o’quv teleko’rsatuvlarining ikki xil turi qabul qilinadi .
a)
15 daqiqali teleko’rsatuv.
b)
30 – 40 daqiqa davom etadigan yangi mavzuni bayon qilishga bag’ishlangan
mavzuga mos teledars yoki takrorlash darsi.
Teleko’rsatuvga yirik olimlarni, yozuvchilar, tajribali o’qituvchilar, yuristlarni hamda
tarixiy voqealarning ishtirokchilarini jalb etish o’quv materialini o’rganishning dolzarbligi va
mazmundorligini oshiradi.
O’qituvchi teleeshittirshni qabul qilishga puxta tayyorgarlik ko’radi. O’quvchilarning
teleko’rsatuvlar mazmunini puxta o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi ularga eshittirsh
mazmuni yuzasidan savollar beradi yoki boshqa vazifalar topshiradi. Natijada o’quvchilar
ko’rsatuvni faol fikrlab o’zlashtiradilar. O’qituvchi teledarsni suhbat bilan yakunlaydi.
Shunday qilib, teleekran tarix o’qitishda ko’rsatmalilikning samaradorligini yanada oshirib
yuboradi. Tarix o’qitish tajribasi teledars g’oyaviy – tarbiyaviy va didaktik jihatdan
ko’rsatmali vositalarga ko’ra hiyla afzal ekanligini isbotlaydi.
Dostları ilə paylaş: