21
Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo
uning tarixi ancha olis yillarga borib takaladi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin
(eramizdan 1800-yillar) Vavilonda foiz (%) bilan boғliq murakkab amallar
algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bugdoy yilda 20%
dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o‘sish uchun necha yil va oy kerak
bo‘lishi algoritmi yozilgan.
XIX asr franso‘z kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato
ishlab chiqish jarayonida stanoklar uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan
va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.
1836 yildan ingliz Charlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi
bo‘lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal
qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-
kitob natijalarini «eslab» qolishida edi.
1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) – shoir lord
Bayronning qizi – analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi kerakligini
ta‘kidladi. U berilgan shartlar bajarilmaguncha qadamlar ketma-ketligini
ta‘minlovchi buyruqlarni yozdi. (Bu hozirgi kunda takrorlash (sikl) operatori
deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi.
Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur
bo‘lgan til yaratish talabini qo‘ydi.
Dunyo odamlari urtasidagi munosabatda yagona til bo‘lmaganidek, xilma-
xil kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, yagona
dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: