1.2. Dasturlash asoslari bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizimni o’quv
jarayoniga joriy etish
Dasturlash asoslarini o‘rgatish oliy ta‘lim tizimidagi bakalavriat yo‘nalishi
bo‘yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan
asosiy maqsad, olingan bilimlar bazasida talabalarda keyingi kurslarni o‘zlashtirish
uchun fundament hosil qilishdan iborat. Masalan, axborot tizimlari, axborot
tizimlarini loyihalash, informatika va dasturlash usullari bo‘yicha yuqori darajali
bilimlarni olishga imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ushbu maqolada yuqorida
keltirilgan dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizim va undan
foydalanuvchilarni dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi multimediali o‘quv kurslaridan
9
tashkil topgan o‘rgatuvchi izimni ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilish
tajribalari haqida fikr yuritamiz.
Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi:
- dasturlash asoslari bo‘yicha tarmoq texnologiyalari asosida (on-line rejimida)
bilim olish;
- talabaga qulay bo‘lgan vaqt va joyda bilim olish;
- olingan bilimlarni shu vaqtning o‘zida amaliyotda sinovdan o‘tkazish va
baholash;
- bilim olish jarayonida tuғilgan muammolar bo‘yicha ta‘lim beruvchi bilan tarmoq
orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish;
- zamonaviy vositalarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish;
- kommunikatsiya vositalari yordamida elektron o‘quv qo‘llanmalarni tezkorlik
bilan yetkazib berish va olish;
- ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o‘rtasidagi doimiy muloqotni tashkil etish va
h.k.
Shu bilan birgalikda, dunyo miqyosida sinovdan o‘tkazilayotgan va
respublikamizda amaliyotga joriy etish uchun tayyorlanayotgan masofaviy ta‘lim
tizimini qo‘llash uchun ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatlari
tuғiladi. Dasturlash asoslarini o‘rganuvchilar uchun multimediali o‘quv
tizimlarini yaratish, respublikamizda rivojlanib kelayotgan mediata‘lim tizimini
joriy etishga asos bo‘ladi va talab darajasida tizimni qo‘llash uchun ma‘lumotlar
bazasi shakllanib boradi. Asosiy maqsad esa, sinovdan o‘tkazish jarayonidayoq
dasturlash bo‘yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo‘shimcha
ravishda) yetkazib berish imkoniyatlari tuғiladi.
Ishlab chiqilgan dasturlash asoslarini o‘rgatuvchi tizim Web-
platformaga asoslangan bo‘lib, tizimdan foydalanuvchilar on-layn rejimida
―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar‖ ilmiy elektron jurnali. № 5, yul, 2012
yil 2 Internet tarmoғi orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan. Internet orqali
taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha turga ajratish mumkin:
- umumiy ma‘lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‘chirib
10
oluvchi – erkin foydalanuvchilar;
- tizim orqali e‘lon qilingan dasturlash bo‘yicha musobaqada ishtirok etuvchilar –
dasturchilar va hokazo;
- tizimda taklif etilgan bilimlarni o‘rganuvchi – talabalar;
- tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta‘lim beruvchilar.
Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi, ya‘ni
faqat ro‘yxatdan o‘tgan ta‘lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va
amaliy virtual darslar bilan tanishishi, olingan bilimlarni test-nazorat va dastur
natijasini testlovchi tizimlarda sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Har bir dars nazariy materiallar, amaliy mashғulotlar uchun
multimediali mashғulotlar va bilimlarni nazorat qilish uchun test-nazorat
tizimlaridan tashkil topgan. Dastur natijasini testlovchi tizimga kirish faqat nazariy
va amaliy mashғulotlardan keyin taklif etilgan test topshiriqlaridan (75 %dan)
yuqori natija ko‘rsatgan dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars mashғuloti
uchun olingan bilimlarni sinovdan o‘tkazish uchun test topshiriqlari ajratilgan va
berilgan bilimlarga mos dasturlash bo‘yicha masalalar taklif etiladi. Shu bilan
birgalikda nazorat tizimida past ko‘rsatkich (75 % dan kam)ga ega bo‘lgan ta‘lim
oluvchilar uchun qayta o‘zlashtirishga mo‘ljallangan yordamchi bilimlar taklif
etiladi. YOrdamchi bilimlar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi qo‘shimcha
nazariy materiallarning multimediali shakllaridan, ikkinchi qismi esa dasturlash
bo‘yicha algoritmlash, dastur matnini tanlangan tilda shakllantirish kabi
amallarni o‘rgatuvchi virtual modellardan tashkil topgan.
Yordamchi bilim sifatida taklif etiladigan virtual modellar quyidagilarni
o‘zida qamrab oladi:
- dasturlash bo‘yicha aniq bir masalaning algoritmi;
- ishlab chiqilgan algoritmning dasturlash tilidagi ko‘rinishi;
- algoritmning bajarilish qadamlarining dastur matnidagi qadamlarga
mosligini ta‘minlovchi animatsiyalar (ovozli izohlar bilan);
- foydalanuvchi bilan interfaol muloqot tashkil etilgan amaliy ishlar
(aniq masalalarni dasturlash bo‘yicha topshiriqlar).
11
Dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi tizimni joriy qilish natijasida quyidagi
maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin:
1) dasturlashga oid fanlar bo‘yicha bakalavr va magistrlarning
o‘zlashtirish samaradorligi sifatini monitoring qilish;
2) talabalarni dasturlash bo‘yicha olimpiadalarga tayyorlash;
3) talabalar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazish;
4) talabalarning dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini
shakllantirish.
Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi:
1) Ta‘lim muassasasi lokal tarmoғida fanlarni o‘qitishda amaliy va laboratoriya
mashғulotlari jarayonida foydalanish rejimi.
2) Internet tarmoғida on-layn rejimida bilimlarni mustaqil tekshirish uchun
qo‘llaniladigan rejim.
Dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizimning ishlash prinsiplari
quyidagicha: har bir tizimga kirish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan foydalanuvchi
(talaba, o‘qituvchi yoki administrator) uchun maxsus interfeys mavjud.
Foydalanuvchilarning tizim bilan ishlashini faqat ma‘lumotlar bazasidagi mavjud
parametrlar orqali cheklashi mumkin.
Foydalanuvchi
interfeysi
ma‘lumotlar bazasi bilan boғliq holda
foydalanuvchining hisob yozuvlari, masalalar arxivi, yechimlarni tekshirish uchun
testlar to‘plami va boshqa tizimli ma‘lumotlar bilan ishlaydi. Masalalar
yechimlarini tekshiruvchi ChEKKER alohida tizim administratori tomonidan ishga
tushiriladi, bu ChEKKER yechimni qabul qilib tekshiruv amallarini bajaradi.
Dastur natijasini testlovchi tizimning asosini chekker qism-tizimi tashkil etadi. Bu
qism-tizim quyidagilardan tashkil topgan:
1) aynan tanlangan masala yechimini kompilyatorga uzatish moduli;
2) kompilyatsiya qilingan yechimni ma‘lumotlar bazasiga joylashtiruvchi modul;
3) kompilyatsiya qilingan yangi yechimlar potogini navbatga qo‘yish;
4) ma‘lumotlar bazasidagi testlar bazasi bilan yechim (kompilyatsiya
qilingan)ni taqqoslash va natijani foydalanuvchiga uzatish moduli.
12
Umuman olganda, dasturlash bo‘yicha multimediali o‘rgatuvchi tizim
klient-server texnologiyasi asosida (taqsimlanuvchi rejimda) ishlab
chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |