3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
3-topic (1)

Fransiya.  Fransiya  etiketning  vatani  hisoblansa-da,  unga  boshqa  mamlakatlardagi  kabi 

katta  e’tibor  berilmaydi.  Bir  necha  asrlar  davomida  Fransiyada  “fransiyalik  o’zini  qay  tarzda 

tutsa  bu  etiketdir”,  degan  fikr  saqlanib  kelmoqda.  Farang  tili  —  jahon  va  diplomatiya  tili.  Bu 

borada,  fransyaliklarning  fikricha,  hech  narsa  o’zgarmagan.  Boshqa  xalqlardan  farqli  o’laroq 

fransiyaliklar  horijliklar  ularning  tilini  nafaqat  bilishlarini,  balki  juda  yaxshi  darajada  bilishlari 

kerakligini  zaruriy,  deb  hisoblashadi.  Fransiyada  bir-birini  qay  darajada  bilishidan  qat’iy  nazar 

qo’l berib salomlashish zaruriy odat tusiga kirgan. 

Bir  kun  davomida  bir  kishi  bilan  ikki  marta,  go’yo  bu  insonni  birinchi  bor 

ko’rayotgandek, qo’l berib salomlashish, ayni hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Suhbat chog’ida 

fransuzlar  bir-birlarining  gaplarini  bo’laveradilar.  Bu  narsa  tarbiyasizlik  alomati  sifatida  tan 

olinmaydi,  balki  aksincha,  suhbatdoshlarini  diqqat  bilan  tinglayotganliklarini  anglatadi  va 

suhbatga  qiziqishlari  yuqori  darajada  bo’lgani  uchun  o’z  fikrlarini  tezroq  bildirmoqchi 

bo’lganliklarini  namoyon  qiladi.  Boshqa  millatlar  suhbatida  mumkin  bo’lgan  hollar 

fransiyaliklar  uchun  tarbiyasizlik  belgisi  bo’lishi  mumkin.  Fransiyaliklar  suhbat  davomida 

qo’llari  bilan  harakat  qilishni  yaxshi  ko’radilar.  Ular  ayni  qo’llari  yordamida  o’z  fikrlarini 

aniqroq  yetkazadilar.  Fransiyaliklar  qo’llari  harakatlaridan  suhbatdoshning  ichki  dunyosi, 

intellektuali  darajasi  va  ichki  hissiyotlari  haqida  bilish  mumkin.  Ular  hayotdagi  barcha  hollar 

uchun  qo’l  harakatlarini  ishlatadilar:  biror  narsa  yoqmagan  hollarda,  ishonchsizlikda,  kechirim 

so’raganda, taajublanganda, o’zini yo’qotib qo’yganda va sog’inganda. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin