Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo’l berib so’rashishning
odobiga tegishlidir:
uzatilgan qo’l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish bilan barobar
bo’lib qoladi.
ikki qo’l bilan qo’lni siqib so’rashish haddan tashqari xursand holatda,
minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi.
ikki qo’l berib so’rashish paytida albatta so’z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik
so’zlari va boshqa iliq so’zlar qo’llash mumkin.
qo’l berib so’rashish tez va qisqa bo’lishi lozim.
qo’l berib so’rashish davomida ozgina egilib qo’yish, so’rashayotgan insonga nisbatan
hurmatni belgilaydi.
ostonada, stol ustidan qo’l berib so’rashish xunuk ko’rinadi.
tanishini ko’rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo’lni cho’zib
kelish insonni kulgili holatga solib qo’yadi.
ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo’lib qo’l uzatmaguncha
erkak qo’l uzatmaydi.
ayol kishini qo’lini ko’p ushlab turish mumkin emas, bu uni noqulay vaziyatga solib
qo’yishi mumkin.
Salomlashganda jargon, ko’cha so’zlarini, buzib talaffuz etiladigan “privetik”,
“salyutik”, “chao”, “poka”kabi so’zlarni ishlatmaslik maqsadga muvofiq. Odatda, ro’paradan
keluvchi kishiga u yetib kelguncha, ya’ni orada 3-4 qadam qolgach salom beriladi.
Sizga mutlaqo tanish bo’lmagan kishi salom bersa, albatta “alik” olish va uning
yanglishganligini sezdirmaslik kerak. Bunday holatda yelka qisish yoki hayron bo’lib qarash
odobsizlik hisoblanadi.
Umuman, o’zbekchilikda salomlashishni o’zi hamsuhbatingizning sizga bo’lgan
munosabatini
shakllantiradi.
G’arb
odatiga
ko’ra
yoshi
katta
ayollar
bilan
ko’rishayotganda o’rnidan turib, tavoze’ bilan boshni silkitib salomlashiladi. Bizda
esa bu nafaqat katta yoshlilar, balki umuman xotin-qizlarga nisbatan ham qo’llaniladi. Zero, har
bir qiz yoki ayol o’sha xonadon egasining nomusi hisoblanadi.
Bu bilan erkak boshqa bir erkakni oriyati va hurmatini o’z joyiga qo’yayotgan hamda
boshqalardan ham o’ziga nisbatan shuni talab qilayotgan bo’ladi. Agar ayollar qurshovida
bo’lsangiz, unda umumiy ravishda bir marta salomlashib qo’yiladi. Etiketni buzilishi
ko’rishuvning shovqinli tarzi hisoblanadi. Odamlar oldida hozir bo’lishingiz bilan
salomlashuvingiz u darajada o’zingizga qaratadigan tarzda bo’lmasligi lozim. Salomlashuv,
tanishuv yoki suhbatdoshlik uchun eng qulay madaniyatli usuli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |