3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Muomala madaniyatining umumiy qoidalari quyidagilardan iborat



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
3-topic (1)

Muomala madaniyatining umumiy qoidalari quyidagilardan iborat:  

1.  Odob  va  ehtiyot  bilan  muomala  qilishdan  hamma  maqsadlar  ro’yobga  chiqadi. 

Muloyimlik  bilan  aytilgan  so’zlar  ko’ngilga  rohat  baxsh  etadi.  Shuning  uchun  hamma  bilan 

odobga rioya etib muomala qiling, ochiq yuzli, shirin so’zli bo’ling.  




2. Bir narsadan xafalanib, achchigingiz kelib turgan vaqtda hech kim bilan so’zlashmang, 

gazabingiz bosilguncha  sabr  qilib  turing.  Odamlarning  kamchiliklarini  kechiring,  har  ishda  fikr 

qilish va e’tibor berishni unutmang.  

3.  Odamlarga  aralashmay  bir  chetda  turmang.  Kim  uchrasa,  tekshirmay-ketmay  darhol 

do’st bo’lib ketmang, har ishda hur fikrli, to’gri so’zli bo’ling, tilingiz va dilingiz birdek bo’lsin.  

4. Qo’pol muomalali kishilarning muomalalariga yaxshi muomala bilan javob qaytaring.  

5.  O’zingizdan  kichiklarni  xo’rlamang,  aqlingiz  va  martabangiz  bilan  maqtanmang,  har 

kimning o’ziga munosib muomala qiling. 

6.  Hamsuhbatingiz  go’zal  muomala  qilishini  istasangiz,  avval  o’zingiz  unga  go’zal 

muomala qiling, kishilarga muhabbatli bo’lishingiz sababli kamolotingiz hech bir zos ketmaydi.  

7.  Xalqqa  yaxshi  ishlarni  so’zlang,  yomon  ishlarni  yashiring.  Odamlar  bilan 

muomalangiz  shunday  bo’lsinki,  hayotingizda  sizni  sevsinlar,  vafot  etganingizdan  keyin  sizni 

eslab, qaygursinlar.  

8.  Juda  zarur  bo’lib  qolgan  vaqtdagina  xalqdan  yordam  so’rash  mumkin.  Xalqqa  o’z 

ogirligingizni  solmang,  ularning  mollariga  tama  qilmang,  o’zingiz  ishlang,  mehnat  qiling  rizq-

ro’zingizni o’z mehnatingiz bilan yarating.  

9.  Bir  ishni  bajarishga  ahd  qildingizmi, so’zingizning ustidan  chiqing,  va’dangizga vafo 

qiling.  Kim  bilan  do’st  bo’lsangiz,  do’stlikka  sodiq  bo’ling.  Odamlarning  shodliklariga 

shodlaning, qaygulariga qayguring. O’zingiz sevmagan narsani boshqalarga ravo ko’rmang.  

10.  Jamiyat  manfaati  uchun  xizmat  qiling,  bu  yo’lda  sarflagan  vaqtingizga  achinmang, 

chunki  boshqalarni  sevish,  ularga  yordam  bering,  kamchiliklarini  tugatish  uluglik  va 

odamgarchilik belgisidir. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin