299
Тarbiyada xalqning milliy va ma’naviy qadriyatlariga suyanish, ular orqali
1-4-sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish-o’ta dolzarb masalalardan
biridir. Chunki bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda yoshlar ongi va qalbi uchun
kurash keskinlashgan bir paytda o’quvchilarni iloji boricha, maktab yoshidanoq tabiatni
sevishga, unga to’g’ri munosabat bildirishga, insonparvarlik tuyg’ularini
shakllantirishga o’rgatish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan
munosabatda keskin ijobiy o‘zgarish yasadi. Respublikamizning birinchi Prezidenti
Islom Karimovning “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” asarining “Mustaqil
O‘zbekistonni
rivojlantirishning
ma’naviy-axloqiy
negizlari”
deb
atalgan
bo‘limida:“O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo‘li to‘rtta asosiy negizga
asoslanadi, - deyilgan. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlik.”– deb
belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilgan to‘rt negizning har bittasi yo bevosita, yoinki bilvosita xalq og‘zaki
ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma’naviy boyligi – pand, o‘gitlari, el-u yurt,
xalq qadrini e’zozlash, milliy g‘ururni himoya qilishdek oliy maqsad va g‘oyalar bilan
bog‘lanadi.
Haqiqatan ham, xalq maqollari yordamida o'quvchilarning aql-idrokini o'stirish,
ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
istiqlol talabidir. Buning uchun, avvalo, o'qituvchining o'zi ana shunday buyuk
fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Bu uning zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklaydi.
Demak, bugungi o'qituvchi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilishi, o'tmishdan qolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlaridan to'la xalos etishi, ta'lim-tarbiya jarayonini
jahonning rivojlangan ta'lim darajasiga ko'tarishda faol ishtirok etishi bilan birga
o'quvchilar qalbi va ongida tabiatga va atrof-muhitga to’g’ri munosabatni shakllantirishi
muhim ahamiyatga ega. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ekologik tarbiya dastlab
oilada, bog'chada keyinchalik umumta’lim maktablarida dars mashg’ulotlari jarayonida
xalq maqollari yordamida bilim olayotgan bolalarda shakllanadi. Ta'limning poydevori
qanchalik mustahkam bo'lsa, o'quvchining ilmiy tafakkuri uning dunyoqarashi
shunchalik rivojlanadi.
Jamiyatimizdagi yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda tarbiyaning
vazifalari keng va ko’p qirrali ekanligini unutmasligimiz kerak. Demak, qanday odamni
tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo’lishi kerak, degan savollarni
avvaldan tasavvur etish zarur. Bunda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish
orqali o’quvchilarda milliy qadriyatlarni tarkib toptirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
Dostları ilə paylaş: |