302
maqollarning tematik ko‘lami juda ham keng bo‘lib, bu ko‘lamni juz’iy hayotiy voqelik
doirasi bilan chegaralab bo‘lmaydi; ijtimoiy borliqning hech bir sohasi yo‘qki, u
maqollarda aks etmagan bo‘lsin.
Bola ta'lim-tarbiyasida maqollarning o’rni katta. Ko'plab maqollarda ichki qofiya
bo'ladi. Masalan: «omon» bilan «somon», «sulton» bilan «cho'pon» o'zaro
ohangdosh, ya'ni qofiyadoshdir. Shu jihatdan ular topishmoqlarga o'xshab ketadilar.
Maqol she'riy shaklda ham bo'lishi mumkin. Masalan:
Yer ichida oltin bor,
Qaziy bersang topasan.
Bog’ ichida kumush bor
Kovlayversang topasan.
Ya’ni bunda xalqni mehnat qilishga qanchalik yerga ishlov berib uni unumdor
qilsangiz undan ser hosil olasiz va daromadingiz oshadi. Bog’dagi meva va sabzavotlar
inson uchun koni foyda ekanligini ushbu she’riy maqol orqali xalqimiz ifodalab bergan.
Biz maqollardan foydalanish orqali bolalarning nafaqat dunyoqarashini balki so’z
boyligini oshirasiz,ularni mantiqiy fikrlashga undaymiz. Maqollar fikrni lo‘nda, aniq va
obrazli bayon etishda nutqimiz uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham
V.G.Belinskiy xalq maqol va matallarini “poeziyaning mohiyati” deb hisoblagan
edi.Maqolda o'sha xalqning tarixi, urf-odati, turmush tarzi, fe'l-atvori, ruhiyati butun
borlig'i aks etadi. Bundan tashqari xalq maqollarida tabiatni asrash uni sevish, insonlar
ham uning bir bo’lagi ekanligini uning bag’rida uashashi va unda kamol topishi haqida
turli qarashlar mavjud.Masalan: Tabiatga boqsang boqadi , oltin isirg’a taqadi. Ya’niy
inson tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lsa tabiiy boyliklardan to’g’ri unumli foydalansa
tabiat ham unga o’z marhamatini darig’ tutmaydi. Shu kabi bir qancha maqollar
mavjud:
Maqollar:
-Dehqon bo’lsang shudgor qil, Mulla bo’lsang takror qil.
-El hayoti yer bilan, Yer hayoti suv bilan.
-Yer haydasang kuz hayda , Kuz haydamasang yuz hayda.
-Javdar joyada tushsa bug’doy bo’lur, Bug’doy joyiga tushmasa javdar bo’lur.
-Yaxshi yil bahoridan ma’lum, yaxshi kun saharidan ma’lum.
-Yozning yomg’iridan qo’rq, qishning qirovidan .
-Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar.
- Qora bulutdan tiniq suv tomar
-Kuningdan bir kun qolsa ham ko’chat ek.
O’zbek xalqini tabiatni asrash bilan bog’liq qadriyatlari rang-barangdir. Jumladan
o’simliklar olami va ularning inson salomatligi uchun shifo sifatida foydalanilishi, hatto
ular yomon nazarlardan saqlaydi deb xonadonlar peshtoqida qo’yilishi ularga insonlar
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
Dostları ilə paylaş: |