28
XALQ HARAKATLI O’YINLARINING O’RNI
Harakatli o’yinlar, estafeta o’yinlari maktab sport seksiyasida yetakchi o’rinlardan birini
egallaydi.
Harakatli o’yinlar basketbol, voleyvol, futbol, qo’l to’pi va boshqa seksiyalarda ko’proq
qo’llaniladi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli
o’yinlardan foydalaniladi.
Seksiyalarda har xil o’yinlardan muntazam ravishda o’rinli foydalanish o’quvchilarning
jismoniy jihatdan o’sishlariga, orttirgan malakalarining takomillashuviga anchagina yordam beradi.
O’quvchilarda zaruriy jismoniy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun jismoniy tarbiya darslarida ilgari
o’tilgan o’yinlarni qaytarib turish mumkin. Bunda ilgari o’tilgan o’yinni yangi qoidalar asosida
yangi variantlarda o’tish lozim.
Seksiyalar ishida harakatli o’yinlardan foydalanish bolalarning yosh xususiyatlariga,
shuningdek, mahalliy va mavsumiy sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Uncha tayyorgarlik ko’rmagan
kichik yoshdagi o’quvchilarga juda ko’p va xilma-xil o’yinlar o’rgatiladi.
Ko’proq tayyorgarlik ko’rgan guruhlarda o’yinlar kamroq o’tkaziladi. O’zbekistonda
bahor, yoz va kuz paytlarida ayniqsa basketbol, voleybol, qo’l to’pi, tennis va yengil atletika
seksiyalari ishlab turishi lozim. Bunday vaqtlarda “Dasta chikaldak” (chillak o’yini), “Qoziq
o’yini”, “Kamalak”, “Oq tosh” singari milliy va rus xalq o’yinlaridan foydalanish lozim.
Turli harakatli o’yinlar va sport xarakteridagi o’yinlardan, shuningdek, har xil yengil
atletika mashqlaridan foydalanish paytida o’quvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg’otish lozim.
Bu eng yaxshi yutuqlarga erishishga yordam beradi.
O’quvchilar ko’pincha o’yinga berilib ketib, uni o’zgartiradilar, eski qoidalarni yig’ishtirib
qo’yib, yangilarini o’ylab chiqaradilar, maqsadga erishish yo’lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa
yangi o’yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun ham o’yinni qaytarishdan (ayniqsa bu
qaytarish bolalarning istagi bilan bog’liq bo’lgan hollarda) sira qo’rqmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: