O’qituvchi o’yin qoidalarining bajarilishini kuzatish va natijalarni hisobga olib boorish
uchun, shuningdek, asbob-uskunalarni tarqatish va asboblarni o’rnatish uchun o’ziga yordamchilar
tanlab olishi mumkin. Yordamchi – o’yinning bo’lajak tashkilotchisidir. Yordamchi o’yinlarga
xolisona munosabatda bo’lishga odatlanishi kerak. Keng joylarda o’ynaladigan o’yinlarni
o’tkazishda shu o’yinlarda anchagina tajriba orttirgan o’quvchilarni o’qituvchiga yordamchi qilib
tayinlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Sog’lig’i yaxshi bo’lmagan va jismoniy tarbiya darsidan
37
vaqtincha ozod etilgan o’quvchilarni oyinda holi yetganicha qatnashtirish maqsadida ham
yordamchi qilib tayinlash mumkin, ba’zan uncha intizomli bo’lmagan yoki haddan tashqari aktiv
bolalarning hulqini yaxshilash maqsadida ularni ham o’qituvchiga yordamchi qilib tayinlaydilar.
O’yinni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun qatnashchilarga uning mazmunini iloji boricha
qisqa va aniq qilib so’zlab berish kerak. O’yin mazmunining hikoyasi ifodali, bolalarning yosh
xususiyatlariga mos keladigan bo’lishi lozim. Uzundan uzoq va bir ohangda so’zlash bolalarni
zeriktiradi va o’yinga bo’lgan qiziqishlarini pasaytiradi.
O’yin quyidagi reja asosida tushuntirilishi lozim:
a) o’yinning nomi;
b) o’yinga tayyorlanish;
c) o’yin tasviri;
d) o’yin qoidalari;
e) metodik ko’rsatmalar.
O’qituvchi o’ynovchilarda zaruriy kayfiyat yaratishi, muayyan o’yinga nisbatan qiziqish
uyg’otishi va ularni mustaqil o’ynay olishga o’rgatishi lozim. Har bir o’yinni oxirigacha, to’liq
o’zlashtirilgungacha davom ettirish kerak. Bir o’yinni ikkinchisi bilan tez-tez almashtirib turish ham
yaramaydi. Ammo bundan o’yinni qatnashchilar zerikkunlariga qadar davom ettirish lozim, degan
ma’no kelib chiqmaydi.
O’yinni bolalarning charchashlarini kutmasdan, ularga qanchalik ta’sir etayotganligiga
qarab tamomlash lozim. O’yinning qancha vaqt davom etishi o’ynovchilarning soniga va yoshiga,
o’yinning xarakteri va sur’atiga, texnik uskunalarning (abob-anjomlarning) miqdoriga, ob-havo va
boshqa belgilarga bog’liq bo’ladi.
O’ynovchilarning emotsional holatlariga qarab o’yinning borishini tartibga solish va
boshqarish, uning maqsadini, qoidalarining ma’nosi va ahamiyatini bilsih kerak. O’quvchilarning
o’yin qoidalariga rioya qilishi kerakli doimo o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi lozim.
Chunki o’yin qoidalariga rioya qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. O’qituvchi odil hakamlik
namunasini ko’rsatishi, o’ynovchilarning xatolarini shoshilmasdan va ob’ektivlik bilan qayd qilib
o’tishi va har bir o’yinchini umumiy qoidalarga bo’ysunishga majbur qilishi kerak. Barcha
o’yinchilar uchun, ayniqsa guruhli o’yinlarda, sharoitning bir xil bo’lishini sezgirlik bilan kuzatib
boorish zarur. Har bir bolaga o’yindagi bosh rolda o’z uquvi va bilimlarini aniqlash uchun imkon
berish maqsadida onaboshilarning navbatini belgilab qo’yish tavsiya etiladi. O’yinning bajarilishini
ta’minlaydigan eng muhim shart – bu intizom va ana shu nizomning qat’iy o’rnatilishi hamda unga
og’ishmay amal qilinishidir. Bu esa asosan o’qituvchiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: