Borliq
Borliq — obyektiv mavjud
reallikni ifodalovchi
falsafiy
tushuncha. U moddiypredmet
olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat,
biosfera, ijtimoiy borliq, obyektivideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy
prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin
qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy,
Forobiy
,
Ibn Sino
,
Umar Xayyom
, Ibn Rushd
kabi mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning
falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-
biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy
bogʻliq, degan tushuncha yotadi.
Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq
mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va boshqa ning
realligini bildiradi; u makon va zamon harakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq
(gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi;
u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda
qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi.
Platon
unda chin,
xususiy „real“ borliq ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi borliq dan muayyan borliq farq qiladi.
Geraklit
fikricha, hech qanday qotib qolgan borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan borliq bor.
Metafiziklar
„haqiqiy“ borliq transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud
narsalarning yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar.
J. Berkli
,
D. Yum
borliq faqat
subyektda, ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar borliq ni qandaydir dunyoviy
ruhning, gʻayri moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan
Gegel
falsafasida borliq mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, mavhumlikdan
konkretlikka tomon yuksalib
boruvchi dastlabki, bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliq ni ruhmahsuli
sifatida qarash 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi falsafaga ham xos. L. Feyerbax, A. I. Gersen,
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
213.230.120.46
tomonidan amalga oshirildi
N. G. Chernishevskiy borliq obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar.
Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud olamning realligini, borliq ning obyektivligini eʼtirof etadilar.
Borliq ning eng muhim xususiyati — moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi
zamon ontologiyasiga koʻra, borliq — barcha mavjudotning turlituman koʻrinishlari bilan
aynandir.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
Dostları ilə paylaş: