1 8
avvalo ,ushbu hashoratlarning oziqlanish hususiyatlari , og‘iz aparatining tuzilishi
ayniqa, inokulyatsiyaga moslashgan sanchib so‘ruvchi turlariga bog‘liq [10].
Ularning stiletlari shu qadar nozikki , o‘simlik to‘qimasini teshganida amaliy
jihatdan uni shikastlamaydi. Tashuvchi infeksiyalarning aktiv tarqalishi ko‘pgina
vektorlar ko‘payish potensialining yuqoriligi yem hashak o‘simliklarining katta
to‘plami , tashuvchilarning tez harakatchanligi , uzluksiz oziqlashi , shuningdek
ko‘p tashuvchilarga ( shiralar , kanalar, nematodalar , qandalalar va boshqalar) hos
qattiy sxema : davriy migratsiyalar va xo‘jayin o‘simliklarning davriy almashinuvi
kabi omillarga bog‘liq.Kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tarqalishida tashuvchilar
orasida eng faol shiralar bo‘lib , passivi esa nematodalar va tuproq zamburug‘lari
hisoblanadi [10].
Tabiiy sharoitlarda ko‘pgina shiralarning uchish radiusi 100- 120 m dan
oshmaydi, barcha kasallanadigan o‘simliklarning 70 -90 % ini tashkil etadi.
Bazi tashuvchilar birlamchi infeksiya joyidan boshlab 1km gacha masofadagi
o‘simliklarni kasallantirish xususiyatga ega. Shu sababli ekin maydonlarini
o‘rmonlarni masofaviy izolyatsiya qilish o‘rtacha 1,5 kmni tashkil etadi, juda
bo‘lmasa 500 m dan kam bo‘lmasligi zarur (2-jadval). Fitopotogeni viruslar
vektorlar bilan o‘zaro munosabatiga ko‘ra 2 guruhga : persistent yoki sirkulyativ
( ichak devoir orqali gemolimfaga tushib ko‘payadi va saqlanadi. ) va nopersistent
( tashuvchu organizmda saqlanmaydi ) ga bo‘linadi. Tashuvchilar oziqlanganida
ularning stiletida zarrachalar tufayli stiletning zararlanishi tufayli mehanik yuqadi
[9,10].
Yarim persistent qo‘zg‘atuvchilar ham ma‘lum bo‘lib , ular oraliq o‘rinda
turadi, yani stilet va sirkulyativ viruslarga hos hususiyatni namoyon qiladi .Ular
odatda tashuvchi donor o‘simlikda 10 daqiqa davomida oziqlanganda unga o‘tadi.
Shiralar stilet viruslar bilan 10-60 sekund davomida kasallangan o‘simliklarni
teshib oziqlanganda infitsirlanadi. Sog‘lom o‘simlikda uzoq vaqt oziqlanganda
shiralarning yuqtirish ko`rsatkichi kamayadi. Bunday qo‘zgatuvchilar latent
davrsiz o‘tadi va oziqlanuvchilarda bir soatdan kam vaqt oziqlanmaydigan
1 9
shiralarda yoki tashuvchining migratsiya shakllarida bir necha soatdan ortiq vaqt
saqlanadi.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: