1.4. Fitoviruslarni biologik tozalashning umumiy qoidalari
Viruslarni toza preparatlarini olishni shartli ravishda ikki bosqichga ajratish
mumkin. Birinchi bosqichda bizni qiziqtirgan narsa virusni biologik tozalash
ko‗zda tutiladi, ya‘ni mazkur virusni indikator o‗simliklar yordamida boshqa
2 3
viruslardan, bakteriyalardan, zamburug‗lardan va mikroskopda ko‗rinadigan
biologik organizmlardan ajratib olinadi (ammo u gohida xo‗jayin o‗simlikning
nekrozidagi hujayralari ichida, gohida xo‗jayin o‗simlik hujayrasida bo‗ladi).
Bu ish avvaldan xususiyati aniq bo‗lgan virusologiya amaliyotida ishlatilib
kelinayotgan har bir virus uchun uning spetsifikligiga mos indikator (aniqlagich),
differensiator (ajratuvchi) va to‗plovchi virus o‗simlikni tizimli kasallantiradi[1].
Demak, virusni birinchi ko‗paytirib olish uchun xo‗jayin o‗simlik kerak,
ikkinchidan bu virusni nekrozlar hosil qilish bilan kasallanadigan o‗simlik va
undagi hosil bo‗lgan nekrozdan ajratib olingan mononekrozdagi virus zarralarini
ko‗paytiradigan virus to‗plovchi o‗simliklar bo‗lishi taqazo etiladi. Agar TMV ni
oddiy shtammini O-VTM (adabiyotda ―VTM vulgare‖ deb nomlanadi)
mononekrozdan ajratiladigan bo‗lsa unga Nicotiana sylvestris (differensiator),
Nicotiana glutinosa va Nicotiana tabacum ning Samsun navlari kerak bo‗ladi.
Masalan, tomat o‗simligidan TMV ning tomat shtammini va oddiy TMV ni
birinchi Nicotiana sylvestris ga yuqtirilganda TSH-VTM (VTM ning tomat
shtammi) bu o‗simlikda nekrozlar hosil qiladi, O-VTM esa tizimli kasallantiradi,
ya‘ni mozaika hosil qiladi, demak ikki shtammni fizik kimyoviy usullarda ajratish
mumkin bo‗lmagan yoki o‗ta mushkul bo‗lgan bo‗lsa, bu ishni indikator o‗simlik
orqali osongina ajratib olinadi, ya‘ni biologik shtammlarini ham bir-biridan
ajratiladi va tozalanadi. Albatta bu ishni kamida uch marta qaytarilishi maqsadga
muvofiq bo‗ladi (uch marta mononekrozdan o‗tkaziladi).
Ikkinchi bosqichda toza preparatni olish uchun fizik-kimyoviy usullar
qo‗llaniladi, ya‘ni differensial sentrifugalash xromatografiya, elektroforez, gradient
zichlikda sentrifugalab tozalash metodlari qo‗llaniladi.
Viruslarni o‗simlikga yuqishiga bir qancha faktorlar ta‘sir qiladi va ular
virusni dastlabki hujayraga kirishida, kasallikni rivojlanishining keyingi
jarayonlarida muhim rol o‗ynaydi. Tarr bu omillarni 4 guruhga bo‗ladi: birinchi
guruhga o‗simlikni xususiyatlari, ikkinchisiga patogenlik xususiyatlari, uchinchisi
ekologiya va to‗rtinchisi biotik faktorlardir [1].
2 4
a) O‗simlikni xususiyatlariga uni irsiy chidamliligi kiradi. Chidamlilik
darajasi esa o‗simlik to‗qimasining yoshiga va oziqlanishiga (m.,
mikroelementlarni yetishmasligi o‗simlikni virusga chidamliligini pasaytiradi)
qarab o‗zgaradi. Chidamlilik haroratga qarab ham o‗zgaradi. Virus hujayraga
kirgandan so‗ng yuqori temperaturaga to‗g‗ri kelib qolsa, o‗simlik barglari va
boshqa organlarini o‗zgarishisiz, simptomlar yashirin holatda o‗tishi mumkin.
Nimjon va kuchsiz o‗simliklar kasallikga sezgiroq (chidamsizroq) bo‗lsa,
baquvvat, yaxshi rivojlanayotgan o‗simliklar virusga ancha chidamli bo‗ladi, ularni
to‗qimalari ancha qattiq dag‗al bo‗ladi. Ularga virus yuqishi o‗simlikda yengil
simptomlar hosil bo‗lishiga olib keladi va o‗simlikni butunlay nobud bo‗lmay
qolishi mumkin.
O‗simlikni virusga sezgirligi yoki chidamliligi o‗g‗itlar bilan uni
ta‘minlanishiga ham bog‗liq, masalan, azotli o‗g‗itlarni ko‗pligi o‗simlik
chidamliligini pasaytiradi.
O‗simlikni virus bilan kasallanishiga o‗simlikni virusga bo‗lgan "moyilligi"
ham yordam beradi. Uoker "moyillik" degan tushunchaga o‗simlikni bir yoki bir
necha faktorlar ta‘siri natijasida virus bilan oson kasallanishini ko‗zda tutadi.
Chester bu tushunchani boyitib "moyillik" qatoriga sezgirlik yoki "kasallanish
tendensiyasi borligi" tushunchalarini kiritadi.
O‗simlikni virus bilan kasallanishiga yana o‗simlikni yoshi, bir sutka
davomidagi, fasl mobaynidagi chidamliligi, mexanik bosim, o‗g‗it (kaliy, fosfor,
azot), fungitsdid va pestitsidlar ham ta‘sir qiladi.
b) Patogenlik xususiyatlari (patogen organizmda parazitlik bilan hayot
kechiruvchi organizm) uni agressivligiga (o‗simlikni kasallantirib, uni qarshiligini
engib, unda yashashi, ko‗payishi) bog‗liqdir. Virusni oz miqdori (zarralar soni) tez
va qisqa muddatda (kasallanishga ketgan vaqt) o‗simlikni kasallantirishga etarli
bo‗lsa, uni agressivligi yuqori hisoblanadi.
Patogenni yana bir xususiyati uni virulentligi bo‗lib, bu patogenni (virusni)
kasallik qo‗zg‗atish xususiyatidir. Bu xususiyat barqaror xususiyat bo‗lib, u
genotip o‗zgargandagina o‗zgaradi.
2 5
v) Ekologik omillar. O‗simlikka virus zarralari kirib, ularda simptomlar hosil
bo‗lishida ekologik omillar - namlik, harorat, yorug‗lik, rN, inokulyum ion kuchi
va hokazolar ham rol o‗ynaydi.
g) Biotik omillar. Bunga interferensiya hodisasi misol bo‗lishi mumkin,
ya‘ni bir turni (shtammni) rivojiga ikkinchi turni (shtammni) yoki bir xil viruslarni
noinfeksion zarralari o‗simlik retseptorlarini band qilishi sababli virus hujayraga
kiraolmaydi yoki kam miqdordagi virus zarralari kiradi va yuqumlilik darajasi
pasayadi.
S.V.Kustni (4) fikricha o‗simlik virusi yuqishiga 4 xil reaksiya bilan javob
beradi: 1) immunlik, o‗simlikga virus yuqmaydi; 2) o‗ta sezgirlik, o‗simlikni virus
kirgan joyidagi to‗qimalar nobud bo‗ladi va nekroz kabi simptomlar hosil bo‗ladi;
3) tolerantlilik, virus o‗simlik to‗qimalari bo‗ylab tarqaladi, ammo simptomlar
kuchsiz ko‗rinadi; 4) tizimli kasallanishda organizmni hamma to‗qimalari
kasallanadi, virus o‗simlikni hamma to‗qimalari va yaruslaridagi barglari va
o‗simlikni butun tanasi bo‗ylab tarqaladi va kasallik simptomlari yaqqol ko‗ringan
bo‗ladi
.
Simptomlar har xil bo‗lishi mumkin, ya‘ni - mozaika (mozaikani 6-7 xili
mavjud), barg shaklini o‗zgarishi, tomirlarni rangsizlanishi, xlorotik dog‗larni hosil
bo‗lishi va hokazo. Ba‘zan yuqorida ko‗rsatilgan 4 guruh simptomlar orasida aniq,
chegara bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, tolerantlik bilan sistemali
kasallanishni aniq ajratish ba‘zan qiyin bo‗ladi, ba‘zi o‗simliklarda mexanik
inokulyasiyada avval nekroz hosil bo‗lib (o‗ta sezgarlik), so‗ngra o‗simlikni
hamma organlari kasallanadi [1].
Agar har bir tip kasallanishga misol keltiradigan bo‗lsak, birinchi tip
immunlik holati. G‗o‗za o‗simligiga arpa mozaikasi virusi yoki jo‗xori pakana
mozaikasi viruslarini yuqtirilsa, g‗o‗za bu viruslar bilan kasallanmaydi, ya‘ni
g‗o‗za o‗simligi bu viruslarga chidamli - immundir. Ammo yuqorida keltirilgan
viruslar bilan arpa yoki jo‗xori kasallantirilsa (o‗ziga mos spetsifik o‗simlikga),
ularda chiziqli mozaika alomatlari 12—14 kunlardan so‗ng hosil bo‗ladi. Bu holda
hosil bo‗lgan simptomlarni tizimli kasallanish deyiladi. Agar xuddi shu viruslarni
sho‗ra o‗simligini ma‘lum naviga yuqtirilsa, 10—12 kunlardan so‗ng
2 6
kasallantirilgan bargda diametri 2 – 3 mm kattalikdagi sariq dog‗lar - nekrozlar
hosil bo‗ladi. Bu xildagi kasallanish o‗simlikning o‗ta sezgirligiga misol
bo‗laoladi. Tolerant o‗simlik deb ataladigan holatga misol qilib kartoshkaning
X-virusi bilan pomidor o‗simligini kasallanishini, ya‘ni virus zarralari kartoshka
o‗simligida bo‗lsa ham ko‗zga yaqqol tashlanadigan alomat, birinchidan
sezilmaydi va ikkinchidan bu virusning zarari o‗simlik hosildorligiga uncha
sezilarli ta‘sir ko‗rsatmasligi mumkin [1].
Virus o‗simlikka yuqorida aytilgan usul bilan yuqtirilgandan so‗ng ma‘lum
vaqt soya yerda saqlansa, o‗simlik to‗qimalarida abrazivlar ta‘sirida hosil bo‗lgan
mikrojarohatlarning bitishini, ya‘ni reparatsiyasini tezlatadi. Inokulyasiya qilingan
(kasallik yuqtirilgan) o‗simliklarda kasallik alomatlarini kuzatish 12 sutkadan to
4 haftagacha va undan ko‗proq vaqt mobaynida olib boriladi. Nekroz kabi
alomatlarni 3 - 12 kun davomida kuzatilsa, tizimli kasallanish alomatlarini 7 – 15
kun va undan ko‗proq muddat davomida olib boriladi.
Aniqlagich o‗simlik yordamida faqat bir o‗simlikdagi birgina virusni ajratib
va aniqlabgina qolmasdan, balki bir necha viruslar birga aralash holda uchraydigan
holatlarda ham viruslarni aniqlash, ajratish mumkin. Tabiatda har xil
o‗simliklarning madaniy va yovvoyi turlari tarqalgan bo‗lib, ularda ham viruslar
unga ixtisoslashishiga qarab yovvoyi tup o‗simlik shu virusga sezgir bo‗lishi,
uning madaniylashgan navlarining liniyalari bu virusga turg‗un bo‗lishi mumkin.
Bir tur ichidagi har xil
navlar virus turi va shtammlariga nisbatan har xil reaksiya
bilan javob berishi mumkin. Tabiatda, masalan, arpa o‗simligi bir vaqtning o‗zida
ikki virus bilan ―Arpa chiziqli mozaikasi‖ va ―Yaltirbosh mozaikasi virus‖lari
bilan kasallanishi mumkin. Tamaki o‗simligi, ham Tamaki mozaikasi virusi ham
Bodring mozaikasi virusi bilan kasallangan bo‗lishi mumkin va hokazo. Ana
shunga o‗xshash viruslar aralashmalaridan ham aniqlagich o‗simliklarni to‗g‗ri
tanlab toza virusni ajratish va aniqlash mumkin. Masalan, tamaki o‗simligidagi
bodring mozaikasi virusini aralash viruslar ichidan ajratib olish uchun virusli
o‗simlik shirasi bilan bodring va tamakining Nicotina sylvestris navini
kasallantirilsa, bodringda faqat Bodring mozaikasi virusi, tamakida esa faqat
2 7
Tamaki mozaikasi virusi ko‗payib, mozaika alomatlari namoyon bo‗ladi. Arpani
kasallantiruvchi Arpa chiziqli mozaikasi virusini shu virusni ushbu o‗simlikdagi
Yaltirbosh mozaikasi virusidan ajratish uchun esa jo‗xori o‗simligini
kasallantirilsa, jo‗xorida faqat yaltirbosh mozaikasi virusigina ko‗payadi.
Viruslarni aralashmalar ichidan ajratib olishda qo‗llaniladigan o‗simliklarni
differensiator o‗simliklar deyiladi. Xuddi shunga o‗xshash tabiatda kartoshkaning
viruslarini (kartoshka 20 ga yaqin virus bilan kasallanadi) ajratish uchun har xil
kartoshka virusini aniqlagich o‗simliklari mavjuddir. Ba‘zan o‗simlikga virus
yuqtirish va virusni aniqlash hollarida aniqlagich o‗simliklar ham yordam
beraolmaganda bir qator virus tarqatuvchi yoki yuqtiruvchi hasharotlardan ham
foydalaniladi [1].
|