Immunityet to'G'risida ummiy tushuncha



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/5
tarix16.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#156222
  1   2   3   4   5
M org immunitet


www.arxiv.uz

Asosiy tushunchalar:


  • Virus xoʻjayin organizmiga kirib olib, undan yanada koʻproq virus hosil qiladigan mashina sifatida foydalanuvchi infeksion tuzilmadir.

  • Virus tashqari tarafidan oqsil qobiq – kapsid bilan oʻralgan boʻlib, ichki qismida DNK yoki RNKdan tashkil topgan genomi boʻladi. Baʼzi viruslarda gʻilof deb ataluvchi tashqi membrana ham boʻladi.

  • Viruslar juda xilma-xil boʻladi. Ular turli-tuman shakl hamda tuzilishga, har xil genomga ega boʻladi va turli organizmlarni zararlaydi.

  • Viruslar xoʻjayin hujayralarni zararlash hamda ularni virus ishlab chiqaruvchi “zavod”larga aylantirish orqali koʻpayadi.

Kirish


Olimlarning fikriga koʻra, yer yuzidagi viruslarning soni taxminan 10^\text{31}103110, start superscript, start text, 31, end text, end superscript ga teng^11start superscript, 1, end superscript. Bu 1 dan keyin 313131 ta nol degani! Agar biz ushbu 10^\text{31}103110, start superscript, start text, 31, end text, end superscript ta virusni toʻplab, ularni bir qator joylashtirib chiqsak, ushbu qator uzunligi deyarli 200200200 yorugʻlik yili uzunligiga teng boʻlardi. Boshqacha qilib aytganda, ularning umumiy soni koinotdagi jamiki yulduzlar sonidan oʻn million marta koʻproqdir^22squared.
Xoʻsh, 10^\text{31}103110, start superscript, start text, 31, end text, end superscript ta virus bizni zararlashni kutib turibdimi? Aslida ushbu viruslarning koʻpchiligi okeanlarda uchrab, u yerdagi bakteriya va mikroblarni zararlaydi^33cubed. Bakteriya virusga xoʻjayin organizm boʻlishi gʻalati tuyilishi mumkin, lekin olimlarning soʻzlariga qaraganda yer yuzidagi har qanday organizm tanasi eng kamida bitta virus uchun xoʻjayin boʻladi!

Virus oʻzi nima?


Virus bu faqatgina xoʻjayin hujayrani zararlash orqali koʻpaya oladigan mayda, yuqumli tuzilmalardir. Viruslar xoʻjayin hujayrani zararlaydi va undan yangi viruslarni hosil qiluvchi resurs sifatida foydalanadi. Ular xoʻjayin organizmsiz koʻpaya olmaganliklari sababli jonli organizm deb qaralmaydi. Viruslar hujayraga ham ega emas: ular tirik hujayralardan birmuncha kichik boʻlib, oqsil va nuklein kislotadan tashkil topgan.
Lekin viruslarning hujayradan tashkil topgan tirik organizmlarga oʻxshash xususiyatlari ham mavjud. Masalan, ular ham bizdagi kabi genetik kodga asoslangan nuklein kislota va genomga ega. Shu kabi ular ham juda xilma-xil boʻlib, rivojlana olish xususiyatiga ega. Garchi viruslar tiriklikning barcha xususiyatlarini oʻzida namoyon etmasa-da, ular hali ham “soʻroq ostidagi” tur boʻlib hisoblanmoqda.(Balki viruslar aslida oʻlmasdir, xuddi “zombi”lar kabi.)

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin