sog’ib mo’jiza ko’rsatadilar. Bu arab kim edi?
a) Omir ibn Fuhayra
b) Ummu Ma’bad
c) Bani Dah ibn Hasib
To’g’ri Javob: Ummu Ma’bad
Izoh: Yo‘l uzasida o‘tirgan, Ummu Ma’bad nomlik, arablar ichida mashhur bir xotun bor edi.
Shuning uyiga kechga tomon kelib tushdilar. Shu yillari ocharchilik bo‘lganlikdin, mollari oriq,
sog‘inlari yo‘q edi. Payg‘ambarimiz u xotundin ichgani sut so‘radilar. Ochligidin yurolmay,
oriqligidin o‘tloqqa chiqolmay qolgan bir sog‘liq qo‘y shu yerda yotgan edi,
Payg‘ambarimizning ko‘zlari shu qo‘yga tushdi. Anda Rasululloh turib, qo‘y oldiga keldilar,
«bismilloh» deb, qo‘yning orqa-oldini silab edilar, qo‘y irg‘ib turib, boshqacha bir holga kirdi.
Burishib, yopishib yotgan yelin-emchaklarini qutluq qo‘llari bilan ushlab turib, «Ey bor Xudoyo,
bu qo‘yimizga barakot bergil», deb duo qilib edilar, shu onda u qo‘y semirib, yelini chotiga
sig‘may chotrab chiqdi. Bir katta chora (idish) kelturib, o‘zlari sog‘dilar. Hiyol o‘tmay, bu
cho‘ng chora liq to‘lib, o‘n-o‘n besh kishi ichsa ham qondirgudek bo‘ldi. Boshlab uy egasi
Ummu Ma’badga ichirdilar va katta-kichik uning kishilari, undin so‘ngra Hazrati Abu Bakr
boshliq o‘z yo‘ldoshlariga ichirib, barilarini qondirib, sutga to‘ydirdilar. Eng keyin o‘zlari ichib,
«soqil qavmi oxiruxum shurban», ya’ni, «quyguvchi kishi eng oxirida ichishi kerak», deb
ummatlariga adab o‘rgatdilar. (Tarixi Muhammadiy)
11. Madina yaqinida Payg’ambar s.a.v.ni asir olgani chiqib, u kishini ko’rishlari bilan
Dostları ilə paylaş: |