13. Azon qachon farz qilindi?
a) Hijratdan avval
b) Hijratning birinchi yili
c) Hijratning ikkinchi yili
To’g’ri Javob: Hijratning birinchi yili
Izoh: Azon hukmi hijratning birinchi yili farz qilindi. (al-Anvar fi sirati an-nabiy al-muxtor)
14. Azon matnini tushida ko’rgan kim edi?
a) Abdulloh ibn Zayd va Umar ibn al-Xattob
b) Abdulloh ibn Zayd va Bilol al-Habashiy
c) Bilol al-Habashiy va Umar ibn al-Xattob
To’g’ri Javob: Abdulloh ibn Zayd va Umar ibn al-Xattob
Izoh: Azon matni uchun ashob tomonidan turli fikrlar o’rtaga tashlandi. Hech biri ma’qul
ko’rilmadi. Ansordan Abdulloh ibn Zayd bir tush ko’rdi va uni Rasululloh (s.a.v.)ga yetkazdi.
Hazrati Umar ham ayni shu tushni ko’rgan va Bilolning azonini eshitib Rasululloh (s.a.v.)
oldilariga yugirib kelib buni bildirgan edi. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)
www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Dostları ilə paylaş: |