Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
4. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’lmaydi?
a) uyquda ehtilom kelishi
b) kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
c) kishining vafot etishi
To’g’ri Javob: kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va
musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib
o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl
vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib
emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat
poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum
orqali niyat bilan poklanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
Dostları ilə paylaş: |