5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?
a) kishining shahid holida vafot etishi
b) maziyning chiqishi
c) ayollarning farzand ko’rishi
To’g’ri Javob: ayollarning farzand ko’rishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va
musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib
o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl
vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib
emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat
poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum
orqali niyat bilan poklanadi.
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar:
1. Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy - suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat
vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra
ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy
tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi.
2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy - oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz
suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi.
3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib
lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
Dostları ilə paylaş: |