Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Izoh:Rasululloh sav bilan bo’lib o’tgan bu ulug’ mo’jizaga birinchi guvoh bo’lgan va buni tili-
yu dili bilan birinchi bo’lib tasdiqlagan inson Mo’minlar onasi Xadicha binti Huvaylid
edi.Xadicha r.a. bu xushxabarni eshitganing birinchi lahzasidan boshlab, umrining so’nggi
kunigacha Rasululloh sav yonlarida bo’ldi va Islomga misli ko’rilmagan yordamni berdi. Alloh u
zotdan rozi bo’lsin. ”Nurul yaqin”.
5. Rasululloh SAVga ikkinchi bo’lib nozil qilingan oyatlar qaysilar?
a) Mudassir, 1-2-oyatlar
b) Fotiha, 1-7-oyatlar
c) Muzammil, 1-5-oyatlar
Javob:Mudassir, 1-2 oyatlar.
Izoh:Birinchi vahiy nozil bo’lgandan keyin ozgina muddat uzilish bo’ldi. Bu uzilishni qancha
muddat bo’lgani aniq emas, lekin 40 kun davom etgani haqiqatga yaqinroq. Muhammad alayhis-
salom yo‘lda ketayotganlarida g’oyibdan surnay navosidek yoqimli ovoz eshitildi, bosh ko‘tarib
yer bilan ko‘k o‘rtasida muallaq o‘tirgan tanish farishtani ko‘rdilar. Rasululloh farishtaning
birinchi marta kelib, Hiro g’orida qanday azob berganini eslab, qo‘rqqanlaridan uyga qarab
qochdilar. Uyga kira solib: "Meni o‘rab qo‘yinglar! Tezroq o‘rab qo‘yinglar!" dedilar. Olloh shu
zahoti u kishiga quyidagi oyatlarni nozil qildi: "Ey o‘ranib olguvchi zot, tur, ogohlantir!" - ya’ni
odamlar noto‘g’ri yo‘ldan, ota-bobolari topingan butlarga sig’inishdan qaytmasa, Olloh azob
berajagini aytib qo‘rqit. "Robbingni ulug’la!" - ya’ni faqat Ollohni ulug’la, unga boshqa
narsalarni sherik keltirib, ibodat qilishdan saqlan. "Kiyimingni pok tut!" - ya’ni Ollohning
huzuriga toza libos bilan kelib, ibodat qil, isqirt bosib, nopok yurish mo‘min odamga munosib
emas. "Azobga giriftor etadigan ishlardan yiroq bo‘l!" - ya’ni Ollohga itoat etib, buyruqlarini
so‘zsiz bajar. "Ko‘p olish niyatida berma!" - ya’ni birovga biron narsa hadya etsang undan
ko‘proq olishni ta’ma qilma. Bu mard odamlarning ishi emas. "Robbing uchun sabrli bo‘l!" -
ya’ni qavmingni islom diniga da’vat etgan paytingda ulardan yetgan aziyatlarga sabr bilan
bardosh ber. ”Nurul yaqin”.
6. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan ilk bor namoz o’qish baxtiga muyassar
Dostları ilə paylaş: |