javobi uchun Alloh uning ko'zlariga qaytadan nur bergan ayolning ismi nima?
a) Zinnira.
b) Sumayya
c) Ummu Ubays.
To’g’ri Javob: Zinnira
Izoh: Va Zinnira Islomni qabul qilgan va Alloh yo'lida azoblangan ayollardan edi. Ko'zlari
yaralanib oxiri ko'r bo'lib qolgandi. Mushriklar unga: "senga Lot va Uzzoning qarg'ishi yetdi"
deyishdi. U: Yo'q Alloh haqqi ulardan emas bu Alloh huzuridandir. Agar hohlasa o'zi davolaydi
dedi. Va Alloh unga ko'zlarini qaytardi. Mushriklar: "Bu Muhammadning sehrlaridan biri"
deyishdi. (Ar-Rahiyq Al-Maxtum)
7. Bilol (r.a) qulikdan ozod qilgan inson?
a) Abu Bakr (r.a)
b) Usmon (r.a)
c) Talha (r.a)
To’g’ri Javob: Abu Bakr r.a.
Izoh: Bilol ibn Raboh qurayshlik Umayya ibn Xalafil Jo‘mahining quli edi. Umayya o‘z quli
islom diniga kirganini eshitgach, uning bo‘yniga arqon solib, bolalariga jonli o‘yinchoq sifatida
berib qo‘ydi. Xuddi buyumdek, hayvondek xo‘rlangan Bilol Ollohning birligiga sira shak
keltirmadi. Bu azoblar kor qilmaganini ko‘rgan Umayya yozning eng jazirama kunlari uni qoq
peshinda hovur ufurib turgan cho‘lga olib borardi. Yerga oyoq bosib bo‘lmas, qumga tuxum
qo‘ysa pishar, tovondan o‘tgan issiq miyadan tutun chiqarardi. Umayya Bilolni issiq qumga
chalqancha yotqizib, ustiga bahaybat tosh bostirar va Muhammaddan yuz o‘girib, Lot, Uzzo
degan butlarga cho‘qinmasang, mana shunday azobda qiynab o‘ldiraman der, Bilol esa
og‘ishmay: "Olloh bir, Olloh bir", deya javob qaytarardi. Kunlarning birida xuddi shunday
dahshatli azobning ustiga Abubakr kelib qoldi. "Ey Umayya, bir bechoraga shuncha azob
bergani Ollohdan qo‘rqmaysanmi? Uni tokay qiynaysan?" dedi u. "Uni sen yo‘ldan ozdirding.
www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Dostları ilə paylaş: |