To’g’ri Javob: Usmon ibn Maz’un
Izoh: Vaziyat keskinlashib, musulmonlarning hayoti xavf ostida qolgani uchun rasulullohning
ko‘rsatmasiga binoan bir qism odam diniy ta’limotni asrash niyatida uy-joy, mol-mulkini
tashlab, yurtini tark etishga qaror qildi. Bu islom tarixidagi dastlabki hijrat edi. Muhojirlardan
o‘n kishi erkak va beshovlon ayol bo‘lib, bular Usmon ibn Affon va uning rafiqasi,
rasulullohning qizlari Ruqiyya, Abu Salama ayoli Ummu Salama bilan, Abu Salamaning o‘gay
birodari Abu Subra ibn Abu Rahm ayoli Ummu Gulsum bilan, Omir ibn Robiya ayoli Laylo
bilan, Abu Xuzayfa ibn Utba ibn Robiya ayoli Suhaylning qizi Sahla bilan, Abdurahmon ibn
Avf, Usmon ibn Maz’un, Mus’ab ibn Umayr, Suhayl ibn Bayzo, Zubayir ibn Avvomlar edi. Ibn
Hishomning rivoyat qilishicha, Usmon ibn Maz’un ularga boshliq etib tayinlandi. (Nurul-yaqin)
Dostları ilə paylaş: |