mustahkamlashda muhim o‗rin egallamoqda. Oxirgi yillar ichida jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bo‗lishiga qaramay, turizm xizmatlari yuqori
iste‘mol talabi va yetarlicha barqarorligini saqlab qolmoqda.
Jahon amaliyotining ko‗rsatishicha, turizm tarmog‗ining rivojlanishi, yuqori
samaradorlikning rag‗batlantirilishi iqtisodiyotning muhim sektorlarini, ya‘ni
transport, aloqa, qurilish, savdo, qishloq xo‗jaligi, iste‘mol tovarlarini ishlab
chiqarish, mashinasozlik va boshqalarning o‗sishiga olib keladi.
Dunyo tajribasiga nazar soladigan bo‗lsak, rivojlangan bozor iqtisodiyoti nafaqat
bozorning ishlab chiqarish va tovar almashtirish omillarini, balki turli xil xizmatlar
bozorini ham o‗z ichiga oladi. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy harakatga
keltiruvchi kuchi xizmat ko‗rsatish sohasi bo‗lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining yirik yuqori daromad
keltiruvchi va barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) va Xalqaro valyuta fondi
ma‘lumotlariga qaraganda, turizm industriyasi 2000-yildan boshlab jahonda
eksport qilinadigan xizmatlar, tovarlar va xizmat ko‗rsatish bo‗yicha
avtomobilsozlik, kimyo va oziq-ovqat sohalarini ortda qoldirib, yetakchi o‗rinni
egallab kelmoqda. Tarmoqning yillik pul aylanmasi 900 milliard AQSH dollarini
tashkil etadi. Ushbu tarmoq dunyo bo‗yicha 195 million kishini ish bilan
ta‘minlaydi, bu esa, jahon bo‗yicha 8% aholi turizm sohasida ish bilan band
bo‗lganini ko‗rsatadi. Har yili 935 milliondan ortiq turistlar dunyo bo‗ylab
sayohat qilishadi. Jahon turizm tashkiloti mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‗ra,
jahon bo‗yicha turistlar oqimi yiliga 4-5 % o‗sishi kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: