Uchun qulay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzaga kelganligi, turizmning



Yüklə 236,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix18.05.2022
ölçüsü236,32 Kb.
#58436
1   2   3
Ichki turizm bozori  
Turizm sohasi dunyoning boshqa mamlakatlari singari O‗zbekistan iqtisodiyoti 
uchun ham muhim soha hisoblanadi. Ushbu soha mamlakat byudjetiga xorijiy 
valyuta oqimini ta‘minlaydi, faqat 2013-yilda sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 
615 millon dollardan ziyodni tashkil etdi. 
Xalqaro turizm rivojlanishining O„zbekiston iqtisodiyotiga ta‟siri  
O‗zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent-Samarqand-
Buxoro-Xiva yo‗nalishi bo‗yicha sayohat qiladilar. Chunki, O‗zbekiston turizm 
infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda Yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak 
yo‗liga taalluqli ko‗pgina ob‘ektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan 
(O‗zbekistonga guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak 
yo‗li yo‗nalishi doirasi harakatlanadilar).


Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‗ona vodiysi viloyatlarida ham 
turistlarni jalb etishi mumkin bo‗lgan ko‗plab muhim turistik jozibador manzillar 
mavjud bo‗lsada, turistik infratuzilmaning rivojlanmagani turistlarni bu yerga 
kelishiga tusqinlik qilar edi. Bu kabi kamchilarni bartaraf etish maqsadida 
hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovonidan o‗tiluvchi yo‗l qayta ta‘mirlandi, 
Surxondaryoga Samarqanddan va Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand 
shaharlariga turistlarni tashish uchun yangi elektrlashgan temir yo‗l qurildi, bu 
joylarda ko‗plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda.
O‗zbekistonga keluvchi turistik sayohatlarning soni o‗sishiga salbiy ta‘sir etishi 
mumkin bo‗lgan ba‘zi hollar bartaraf etib borilmokda:
- O‗zbekiston to‗g‗risidagi dastlabki va so‗nggi taassurotlarni qoldiruvchi 
bojxona xizmati xodimlarining sayohatchilar bilan bo‗lgan muomala madaniyati 
Yaxshilandi;
mehmonxonalarga tayyorlanayotgan taomlar zamonaviy talablarga javob bera 
boshladi;
- O‗zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy 
raqobatchilarimizga nisbatan qimmatligi, transport narxlarining yuqori hollari 
kamaytirib borilmoqda;
- turistik esdalik uchun harid qilinadigan milliy suvenirlarimizning xilma xilligi 
oshirilib, yo‗qolib ketgan bir qator hunarmandchilik turlari tiklandi va qayta 
tashkil etildi;
- targ‗ibot masalalariga yetarlicha e‘tibor berilib, xorijiy fuqarolarning 
O‗zbekiston to‗g‗risidagi ma‘lumotlarining chegarasi kengaytirib bormoqda, 
bunda ayniqsa, Germaniya va Italiyalik biznes hamkorlarning vositachiligidan 
samarali foydalanilmoqda;
- turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning sifati narxiga 
moslashtirib borilmoqda.
Yuqorida sanab o‗tilganlarni bartaraf etish bilan birgalikda, ko‗rsatilayotgan 
turistik xizmatlarning sifatli bo‗lishiga harakat qilinmoqda. Shuningdek, chet 
ellarda O‗zbekiston turizmini reklama qilishda barcha turistik korxonalarning 
tashviqot-targ‗ibot ishlari raqobatchilardan farq qiluvchi umumiy mavzu ostida 


birlashtirilishi O‗zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‗z o‗rnini 
mustahkamroq egallashiga yordam beradi.
Buning uchun o‗zimiz egalik qilayotgan turistik resurslarimizni yana bir bor 
qaytadan chuqur o‗rganib chiqish, ulardan samarali va barqaror foydalanish 
yo‗llarini aniqlash va shu asosida Milliy turistik brendni ishlab chiqish shart bo‗lib 
qolmoqda. Shu sababli, «O‗zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tomonidan o‗lkamiz 
turistik resurslari o‗rganib chiqilib, turistik resurslarimizning maxsus kadastri 
yaratilmoqda. O‗zbekiston turizmini rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan 
resurslarining anchasi hali ochilmagani katta imkoniyatlar mavjudligini ko‗rsatadi. 

Yüklə 236,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin