Imtihon javoblari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#58843
  1   2   3
9-sinf-tarix-namuna



 
 
 
 
 
2020 - 2021 – O’QUV YILIDA O’RTA TA’LIM 
MAKTABLARINING
9 - SINF O’QUVCHILARI UCHUN TARIX FANIDAN 
MUSTAQIL SHUG‘ULLANISH UCHUN
 
IMTIHON JAVOBLARI
 
 
 
 
 
9 - SINF
 
 
 
 
 
 
2021-yil 


Tarix  
9-sinf  
1-BILET  
1. Qadimgi Misr va Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalarini taqqoslang.
 
Misrning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi tarixi Turkiya hukmronligidan 
ozodbo‘lish va inglizlarning mustamlakachiliksiyosatiga qarshi kurash bayrog‘i ostida 
o‘tgan o‘zgarishlar davribo‘ldi. Musulmon ruhoniylaridan al-Azhar madrasasida mudarris 
bo‘lganJamoliddin al-Afg‘oniy va uningshogirdlari milliy-ozodlik harakatidakatta obro‘ 
qozonishdi. Ular barchamusulmonlarni mustamlakachilarga,Turkiya zulmiga qarshi 
birlashuvga,konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatilishigachaqirdilar. 1871-yilda Jamoliddin al-
Afg‘oniy “Xizb ul-Vatan” („Vatanpartiyasi“) partiyasini tuzdi. Bupartiya chet elliklarga 
qarshi „Misrmisrliklarniki“ shiori ostida kurashdi.„Vatan“chilar hukmdor (Hadiv)ning 
huquqini cheklovchi konstitutsiya uchun kurashdilar. 1882-yil 7-fevral kuni Hadiv 
yangiqonunga imzo chekishga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, hukumatDeputatlar palatasiga 
bo‘ysunadigan, parlament budjet ustidannazorat qilish huquqini oladigan, birorta qonun 
deputatlar palatasiruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo‘ldi. Bularning hammasi feudal 
mustabid tuzumidan burjua parlament tuzumiga o‘tish yo‘lidagikatta g‘alaba edi.Chet 
elliklar Misr hukumatiga ultimatum yuborib, amaldagihukumatni tarqatishini talab qildilar. 
Mustamlakachilarning butalabi bajarilmadi. Bunga javoban Buyuk Britaniya 1882-
yildaIskandariyani to‘plardan o‘qqa tutdi. Uning desanti shaharni egalladi. Bunga qarshi, 
Misr qo‘shini rahbarlaridan biri AhmadOrabibey Qohirada oliy davlat organi — Muvaqqat 
kengash tuzdi.U 60 ming kishilik qo‘shin to‘pladi. Ko‘p o‘tmay inglizlarSuvayshni bosib 
oldilar va Qohiraga yurish boshladilar. 1882-yilsentabrda Misr qo‘shinlari yengildi. 
Polkovnik Ahmad OrabibeySeylon oroliga umrbod surgun qilindi. Shunday qilib, Misr 
BuyukBritaniya mustamlakasiga aylandi. 
 
2. Napoleon Bonapartning Yevropa tarixidagi tutgan o‘rni haqida fikr bildiring.
 
Napoleon Bonapart (frans. Napoléon Bonaparte, ital. Napoleone Buonaparte; 1769-
yil 15-avgust — 1821-yil 5-may) — fransuz inqilobining oxirgi bosqichlarida va Fransuz 
inqilobi urushlarida mashhurlikka erishgan fransuz qoʻmondoni va siyosiy yetakchisi. 
Napoleon i, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, 
Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining 
birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida 
Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779 yilda Briyenn harbiy oʻquv yurtiga 
koʻchirilgan. 1784 yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy 
maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785 yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. 
Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz 
maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan H.I 1789 yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib 
olgan.U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy 


sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, 
sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800 yil fransuz bankiga asos 
solgan. 
 
3. “Miniatura” atamasiga izoh bering.
Miniatura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta 
nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini 
ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi 
soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va 
boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham M. atamasi qoʻllanadi  

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin