Imtihon javoblari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix20.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#58843
1   2   3
9-sinf-tarix-namuna

3-BILET  
1. Somoniylar va G‘aznaviylar davlatini o‘zaro taqqoslang.


Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida 
taxt uchun bo'lgan kurashda Ma'munga yordam berganliklari uchun Somonxudotning 
nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, Nuhga 
Samarqand, Ahmadga Farg'ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. 
Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta 
mablag'ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning 
siyosiy hayotida o'zgarishlar yuz berib, yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik 
qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad 
vafotidan (865) keyin uning o'g'li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U 
Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish 
choralarini ko'radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha 
viloyatlari somoniylar tassarufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga 
aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-
taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun 
Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli 
sharqiy hududlarga yurish qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga 
qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab 
xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni 
to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini 
qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu'tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga 
Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida 
farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o'rtasida urush 
boshlanib, Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. 
Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi. Ismoil 
Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtiradi va Buxoro shahri 
bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi. 
Gʻaznaviylar — Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda 
hukmronlik qilgan turkiy sulola (962—1186). Gʻaznaviylar davlatini boshqargan. Sulolaga 
somoniylar lashkarboshisi Attegin asos solgan. Sulola nomi davlat poytaxti Gʻazna 
shahridan olingan. 
Somoniylar davrida mamlakatning siyosiy hayoti va harbiy qoʻshinda turk gʻulomlari katta 
rol oʻynagan. Somoniy amirlari koʻplab turk gʻulomlarini saltanatga qilgan xizmatlari 
evaziga siylab, ularni turli viloyatlarga noib qilib tayinlashgan. Iqtidorli lashkarboshi 
Alptegin Gʻazna va Kobul viloyatlarini 962-yildan mustaqil boshqarishga intilgan. 
Alpteginning oʻlimi (963)dan soʻng oʻgʻli Ishoq va gʻulomi Bilgategin, shuningdek, 
Piritegin hukmronlik qilgan davr (963—977 yillar)da Gʻaznaviylar mulki kengaymay 
turgan. Alpteginning kuyovi va sobiq gʻulomi Sabuktegin hukmronligi davrida (977—997) 
esa Gʻaznaviylar sulolasi mustaqil siyosiy kuch sifatida Somoniylar tomonidan eʼtirof 
etilgan. Sulola shuhratini Sabukteginning oʻgʻli Mahmud Gʻaznaviy eng yuqori choʻqqiga 
koʻtargan. Sulola hukmdorlari avval amir, soʻngra sulton (Mahmud Gʻaznaviydan boshlab) 
va shoh (Bahromshohdan boshlab) deb atalganlar. Gʻaznaviylar hukmdorlari 
quyidagilardan iborat boʻlgan: Alptegin (962-963), Ishoq (963-966), Bilgategin (966—
972), Piritegin (972— 977), Sabuktegin (977—997), Ismoil (997-998), Mahmud 
Gʻaznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Masʼud Gʻaznaviy (1030-41), Mavdud (1041-


48), Masʼud II (1048), Ali Abul Hasan (1048-49), Abdur Rashid (104953). Toʻgʻrul 
(1053), Farruxzod (1053-59), Ibrohim (1059-99), Masʼud III (10991114), Sherzod (1114-
15), Arslon (111518), Bahromshoh (1118-52), Xusravshoh (1152—60), Xusrav Malik 
(1160—86). 
2. Buyuk Karlning harbiy yurishlari.
Buyuk Karl (742.2.4814.28.1) -franklar qiroli (768 yildan), imperator (800- yildan), 
karolinglar sulolasi uning nomi bilan atalgan. Uning bosqinchilik urushlari (773—774 
yillarda Italiyadagi Langobard qirolligiga, 772—804 yillarda sakslar yeri va boshqalarga 
qarshi) natijasida katta imperiya vujudga kelgan. B. K.ning olib borgan siyosati (cherkovga 
homiylik qilish, sud va harbiy islohotlar va boshqalar) Gʻarbiy Yevropada yangi ijtimoiy 
munosabatlarning shakllanishida muhim boskich boʻlgan. B.K.ning imperiyasi uning 
vafotidan soʻng bir oz vaqt oʻtgach, parchalanib ketgan. 
Buyuk Karl 742 yili tug‘ilgan u sulola asoschisi Pipin Pakananing o‘g‘li bo’lib, 
Franklar qirolligini 46 yil boshqargan. “Buyuk” nomi tarixchilar tomonidan 53 marotaba 
harbiy yurishlar qilganligi sabab berilgan. U yirik saltanat tuzadi. Karl haqida ko‘plab 
hikoyalar, asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo‘shiqlar yaratilgan. Uning ismidan “korol” 
ya’ni “qirol” unvoni kelib chiqqan. Buyuk Karl 773-yili german qabilasi langobardlarga 
qarshi jang boshlaydi, langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etiladi. Karlning jiyani Roland 
Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi jangda halok bo‘ladi. 
 
3. “Kartel” atamasiga izoh bering.
Kartel (italyancha — qog‘oz, hujjat) — bir tarmoqdagi mustaqilkompaniyalar, firmalarning 
ishlab chiqarish va sotishning umumiyhajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir 
ishtirokchining ulushiva boshqalar to‘g‘risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma. 
 
 
 
 
 
Ushbu imtihon javoblarini olish uchun telegramdan 
@uzimtihon _admin 
ga yoki 
telegram orqali 
+998 99 394 2820 
raqamiga bog’laning.
Imtihon bileti narhi
8 ming so’m
To’lov klik yoki payme orqali 
BOG’LANISH FAQAT TELEGRAM ORQALI 
Telefon qilinganda yoki SMS yozilganda javob bermasligim ehtimoli yuqori 
 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin