69
2. Sulfomineral sementlar
Sulfominerallarning agressiv muhitlarda qotish jarayoni.
Ayrim minerallarning tuzlar ta`siriga bardoshliligi shu minerallarning 3% li
MgSO
4
va 5% li Na
2
SO
4
eritmalarida qotish jarayonini
kuzatish davomida
o`rganiladi.
Sulfoalyuminat sement namunalari mazkur eritmalarda juda tez yemiriladi,
chuqur yoriqlar paydo bo`ladi va ularning yuzasi maydalanadi.
Sulfosilikat
namunalarning, shuningdek, 20% sulfoalyuminatli sulfosilikat
sement namunalarining MgSO
4
hamda Na
2
SO
4
eritmalarida tuzlar ta`siriga yuqori
darajada chidamliligi aniqlandi. Olti oy mobaynida
ularning chidamlilik
koeffitsiyenti 1, ba`zilariniki esa 2 dan yuqori, ya`ni suvda qotayotganga nisbatan
mustahkamligi 1-2 marta ko`p.
Avtoklav ishlov berish sulfoalyuminat namunalarining korroziyasini yo`qota
olmaydi. MgSO
4
ning 3% li va Na
2
SO
4
ning 5% lieritmalari ta`sirida
sement
namunalari ulardan juda ko`p miqdorda ettringit (kalsiy gidrosulfoalyuminatning
sulfati ko`p bo`lgan shakllari) hosil bo`lishi tufayli yemiriladi.
Sulfosilikatli sement namunalarida 20% 3(Ca • Al
2
O
3
) • CaSO
4
bo`lib,
agressiv eritmalarida shu sementlar mustahkamligining
ortishi ularning kimyoviy
chidamliligi bilan bog`liq.
Gips va ettringitning birmuncha kristallanish bunga misol bo`ladi. Mazkur
minerallarning mayda kristallari gidrosilikatlar
bilan birgalikda jips birikadi, bu hol
sementning uzoq vaqt mobaynida qotishda sementtosh tarkibiy tuzilmasini
mustahkamlaydi.
Sulfominerallardan iborat sementtoshga yuqori haroratning ta`siri.
Erkin ohak ajratmay qotadigan sementlar portlandsementga
nisbatan yuqori
darajada issiqqa chidamli bo`ladi.
Shuning uchun sulfoalyuminat hamda sulfosilikatning yuqori haroratdagi
xususiyatlarini o`rganish muhimdir.
Sulfosilikatli sement namunalarining mustahkamligi 800
o
C haroratda 25%,
900
o
C haroratda 30 - 40%, 1000
o
C da esa 44 - 50% kamayadi.
Tarkibida 3CaO • Al
2
O
3
• CaSO
4
bo`lgan sement
namunalarining issiqqa
bardoshli ekanligi ma`lum. Bu mineralning yuqori haroratga chidamliligining
sababi, digidratlanish jarayonida gilsimon mahsulotlarning yo`qligidir.
Dostları ilə paylaş: