ANNOTATSIYA
Mazkur dastur O„zbekiston Respublikasi Oliy va O„rta maxsus ta’lim
vazirining 2017-yil 14-sentabrdagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim
va ilmiy
tadqiqot muassasalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash
rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 660-sonli buyrug„iga asosan, O„zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 2017-yil 22-maydagi “Oliy o„quv yurtidan
keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o„quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”
Nizom talablariga muvofiq, O„zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartiga
asoslangan holda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mos ravishda 13.00.01-
Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya
nazariyasi va metodikasi (sohalar bo„yicha) ixtisosligiga kiruvchilar uchun tuzildi.
Dastur 3 ta fan asosida tuzilgan bo„lib, unda pedagogika nazariyasi va tarixi,
pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar fanlarning nazariy asoslari va
metodologiyasi va amaliyoti mazmuni yoritilgan.
Tuzuvchilar:
p.f.d., prof. T.A.Egamberdiyeva
p.f.n., dots. N.M.O„rinova
p.f.b.f.d. (PhD), I.I.Tuychiyeva
p.f.b.f.d. (PhD), U.Q.Maqsudov
p.f.b.f.d. (PhD), B.B.Djalalov
Taqrizchi:
p. f.n., dots. B.S.Siddiqov
p. f.n., dots. M.O.Karimova
2
KIRISH
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” va “Pedagogik
texnologiya va pedagogik
mahorat” fanlari bo„yicha tuzilgan mazkur dastur 13.00.01-Pedagogika nazariyasi.
Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(sohalar bo„yicha) ixtisosligidan talabgorlar uchun pedagogika nazariyasi va tarixi,
pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanlarning na’munaviy dasturlari
asosida tuzildi.
Dasturning maqsadi - tadqiqotchilarni pedagogika fanining nazariy- tarixiy
asoslari va o„qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish. O„zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to„g„risida”gi Qonuni talablari asosida ta’lim-tarbiya
jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real
ta’lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnika namoyon eta olishga
o„rgatish.
Dasturning vazifasi - tadqiqotchilarni O„zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to„g„risida”gi Qonuni talablari asosida o„quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
va ta’limni samarali tashkil etishga o„rgatish;
“Pedagogik nazariyasi va tarixi” ni o„zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida talabgor:
- ta’lim sohasida davlat siyosatining
asosiy tamoyillari; pedagogikaning
ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o„quv
jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo„yilgan zamonaviy talablar;
ta’lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish omillari, yosh davrlarining o„ziga
xosliklari; yaxlit o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
va amalga oshirish; tarbiya
jarayonining
qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejmentning mohiyati va
o„ziga xosliklari, korreksion pedagogikaning asosiy yo„nalishlari; pedagogik
terminologiya haqida to„liq tasavvurga ega bo„lishi kerak;
- milliy g„oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga
asoslangan holda o„quv-tarbiya ishlarini o„tkazish; ta’limni tashkil etishning asosiy
shakllarini
amaliyotda qo„llash; ta’lim va tarbiya metodlari, vositalarini
amaliyotda qo„llash, aniq vaziyatlar uchun ularning qulay variantlarini tanlash;
o„quv va tarbiya jarayonida o„quvchilar jamoasini samarali boshqarish; o„quvchilar
xulqi va faoliyatini rag„batlash; pedagogik maqsadlarga
erishishda egallanadigan
bilimlarni tanlash, tahlil etish, umumlashtirish va ularni texnologik shaklda taqdim
etish, aniq sharoitlarda ta’lim-tarbiyaga doir amaliy vazifalarni hal etish, j ahon
mamlakatlari ta’lim tizimi rivojiga doir ma’lumotlarni tahlil etish va
tizimlashtirish, o„quvchi shaxsi va o„quvchilar jamoalarini o„rganish, ta’limda
orqada qolish sabablarini aniqlash, muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni
tasavvur
qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash,
o„z-o„zini boshqara olish, o„zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni bilishi va
ulardan foydalana olishi;
-
psixologik-pedagogik
adabiyotlar
bilan
ishlash;
zarur
metodik
yo„riqnomalar tuzish; samarali pedagogik tadqiqotlar o„tkazish; pedagogik
texnologiya va axborot texnologiyalaridan foydalana olish; tarbiyaviy ishni
rejalashtirish va amalga oshirish; guruh jamoasining psixologik muhitini va
auditoriya bilan munosabatda individual, shaxsiy va yosh imkoniyatlarini hisobga
3
olish, istiqboldagi rivojlanish va talab etiladigan natijaga erishishni strategik
rejalashtirish, pedagogik vazifalarni hal etishga doir standart bo„lmagan
yondashuvlarni izlab topish ko„nikmalariga ega bo„lish kerak.
Dasturning maqsadi - izlanuvchilarni pedagogik texnologiyaga oid bilim,
ko„nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Dasturning vazifasi - izlanuvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar
va pedagogik mahoratning nazariy asoslariga oid bilimlar bilan qurollantirish;
pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko„nikmalarni
egallash;
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng doirada qo„llay olishga y o„naltirish;
pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikka
tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat.
“Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” o„quv fanini o„zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabgorlar:
- pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida;
- pedagogik texnologiyalarning rivoji;
- ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi shaxsi;
- pedagogik
texnologiya
tushunchasining
ilmiy
asoslari,
uning
kategoriyalari va printsiplari;
- ta’limni texnologiyalashtirishda metod va vositalarning o„ziga xosliklari;
- ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish
yo„llari haqida bilimga, o„quv jarayonini texnologiyalashtirishni;
- ta’limga texnologik yondashuv asosida mashg„ulotlarnmg o„quv
maqsadini qo„ya olishni;
- o„quvchilar faoliyati faolligini jadallashtirish asosidagi pedagogik
texnologiyani;
- o„quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi
pedagogik texnologiyani;
- ta’limning “Keys stadi” texnologiyasini;
- ta’lim ning “Loyiha” texnologiyasini bilish ko„nikmasiga;
- shaxsning m a’naviy-axloqiy sifatlarini faol shakllantirib keyingi amaliy
faoliyatida ta’lim jarayonini pedagogik texnologiya
tamoyillariga mos ravishda
pedagogik maqsadga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish;
- o„qitishga texnologik
yondoshish
asosida pedagogik
faoliyatni
rejalashtirish va mashg„ulotning o„quv maqsadlarini qo„ya bilish malakasiga ega
bo„lishi lozirn.