Asdiqlayman



Yüklə 152,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix23.05.2022
ölçüsü152,13 Kb.
#59168
  1   2   3   4   5
13.00.02-dastur



0 ‘ZBEK IST0N RESPUBLIKASI 
OLIY VA O RTA MAXSUS T A ’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
ASDIQLAYMAN»
t universiteti rektori 
.Shermuhammadov 
2022-yil
13.00.01 - PEDAGOG1KA NAZARIYASI. PEDAGOGIK 
T A ’LIMOTLAR TARIXI, 13.00.02 - TA’LIM VA TARBIYA NAZARIYASI 
VA METODIKASI (SOHALAR BO‘YICHA) IXTISOSLIKLARI 
BO ‘YICHA Q O ‘SHIMCHA IMTIHONGA TALABGORLAR TOMONIDAN 
0 ‘RGANILISHI ZARUR BO‘LGAN MINIMUM BILIMLAR DARAJASINI 
BELGILOVCHI FANDAN SINOVLAR 
DASTURI VA BAHOLASH MEZONI
I
Farg‘ona - 2022


ANNOTATSIYA
Mazkur dastur O„zbekiston Respublikasi Oliy va O„rta maxsus ta’lim 
vazirining 2017-yil 14-sentabrdagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy 
tadqiqot muassasalarida oliy malakali ilmiy va ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash 
rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 660-sonli buyrug„iga asosan, O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 2017-yil 22-maydagi “Oliy o„quv yurtidan 
keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304- 
sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o„quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida” 
Nizom talablariga muvofiq, O„zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartiga 
asoslangan holda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mos ravishda 13.00.01- 
Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya 
nazariyasi va metodikasi (sohalar bo„yicha) ixtisosligiga kiruvchilar uchun tuzildi.
Dastur 3 ta fan asosida tuzilgan bo„lib, unda pedagogika nazariyasi va tarixi, 
pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar fanlarning nazariy asoslari va 
metodologiyasi va amaliyoti mazmuni yoritilgan.
Tuzuvchilar: 
p.f.d., prof. T.A.Egamberdiyeva
p.f.n., dots. N.M.O„rinova 
p.f.b.f.d. (PhD), I.I.Tuychiyeva 
p.f.b.f.d. (PhD), U.Q.Maqsudov 
p.f.b.f.d. (PhD), B.B.Djalalov
Taqrizchi: 
p. f.n., dots. B.S.Siddiqov
p. f.n., dots. M.O.Karimova
2


KIRISH
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” va “Pedagogik texnologiya va pedagogik 
mahorat” fanlari bo„yicha tuzilgan mazkur dastur 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. 
Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 
(sohalar bo„yicha) ixtisosligidan talabgorlar uchun pedagogika nazariyasi va tarixi, 
pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanlarning na’munaviy dasturlari 
asosida tuzildi.
Dasturning maqsadi - tadqiqotchilarni pedagogika fanining nazariy- tarixiy 
asoslari va o„qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish. O„zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to„g„risida”gi Qonuni talablari asosida ta’lim-tarbiya 
jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real 
ta’lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnika namoyon eta olishga 
o„rgatish.
Dasturning vazifasi - tadqiqotchilarni O„zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to„g„risida”gi Qonuni talablari asosida o„quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash 
va ta’limni samarali tashkil etishga o„rgatish;
“Pedagogik nazariyasi va tarixi” ni o„zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida talabgor:
- ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari; pedagogikaning 
ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning rivojlanish taraqqiyoti, o„quv 
jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo„yilgan zamonaviy talablar; 
ta’lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish omillari, yosh davrlarining o„ziga 
xosliklari; yaxlit o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; tarbiya 
jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; pedagogik menejmentning mohiyati va 
o„ziga xosliklari, korreksion pedagogikaning asosiy yo„nalishlari; pedagogik 
terminologiya haqida to„liq tasavvurga ega bo„lishi kerak;
- milliy g„oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga 
asoslangan holda o„quv-tarbiya ishlarini o„tkazish; ta’limni tashkil etishning asosiy 
shakllarini 
amaliyotda qo„llash; ta’lim va tarbiya metodlari, vositalarini 
amaliyotda qo„llash, aniq vaziyatlar uchun ularning qulay variantlarini tanlash; 
o„quv va tarbiya jarayonida o„quvchilar jamoasini samarali boshqarish; o„quvchilar 
xulqi va faoliyatini rag„batlash; pedagogik maqsadlarga erishishda egallanadigan 
bilimlarni tanlash, tahlil etish, umumlashtirish va ularni texnologik shaklda taqdim 
etish, aniq sharoitlarda ta’lim-tarbiyaga doir amaliy vazifalarni hal etish, j ahon 
mamlakatlari ta’lim tizimi rivojiga doir ma’lumotlarni tahlil etish va 
tizimlashtirish, o„quvchi shaxsi va o„quvchilar jamoalarini o„rganish, ta’limda 
orqada qolish sabablarini aniqlash, muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni 
tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash, 
o„z-o„zini boshqara olish, o„zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni bilishi va 
ulardan foydalana olishi;

psixologik-pedagogik 
adabiyotlar 
bilan 
ishlash; 
zarur 
metodik 
yo„riqnomalar tuzish; samarali pedagogik tadqiqotlar o„tkazish; pedagogik 
texnologiya va axborot texnologiyalaridan foydalana olish; tarbiyaviy ishni 
rejalashtirish va amalga oshirish; guruh jamoasining psixologik muhitini va 
auditoriya bilan munosabatda individual, shaxsiy va yosh imkoniyatlarini hisobga
3


olish, istiqboldagi rivojlanish va talab etiladigan natijaga erishishni strategik 
rejalashtirish, pedagogik vazifalarni hal etishga doir standart bo„lmagan 
yondashuvlarni izlab topish ko„nikmalariga ega bo„lish kerak.
Dasturning maqsadi - izlanuvchilarni pedagogik texnologiyaga oid bilim, 
ko„nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Dasturning vazifasi - izlanuvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
va pedagogik mahoratning nazariy asoslariga oid bilimlar bilan qurollantirish; 
pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko„nikmalarni egallash
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng doirada qo„llay olishga y o„naltirish; 
pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikka 
tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat.
“Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” o„quv fanini o„zlashtirish 
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabgorlar:
- pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida;
- pedagogik texnologiyalarning rivoji;
- ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi shaxsi;
- pedagogik 
texnologiya 
tushunchasining 
ilmiy 
asoslari, 
uning 
kategoriyalari va printsiplari;
- ta’limni texnologiyalashtirishda metod va vositalarning o„ziga xosliklari;
- ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish 
yo„llari haqida bilimga, o„quv jarayonini texnologiyalashtirishni;
- ta’limga texnologik yondashuv asosida mashg„ulotlarnmg o„quv 
maqsadini qo„ya olishni;
- o„quvchilar faoliyati faolligini jadallashtirish asosidagi pedagogik 
texnologiyani;
- o„quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi 
pedagogik texnologiyani;
- ta’limning “Keys stadi” texnologiyasini;
- ta’lim ning “Loyiha” texnologiyasini bilish ko„nikmasiga;
- shaxsning m a’naviy-axloqiy sifatlarini faol shakllantirib keyingi amaliy 
faoliyatida ta’lim jarayonini pedagogik texnologiya tamoyillariga mos ravishda 
pedagogik maqsadga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish;
- o„qitishga texnologik 
yondoshish 
asosida pedagogik 
faoliyatni 
rejalashtirish va mashg„ulotning o„quv maqsadlarini qo„ya bilish malakasiga ega 
bo„lishi lozirn.

Yüklə 152,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin