Rivojlantiruvchi. Talabalarda ishlab chiqarish, texnologik
jarayonlar, ularning strukturaviy tuzilishi to‘g‘risida erkin fikrlash
va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
1.1-ÌÀÂÇÓ.
MASHINASOZLIÊ TEXNOLOGIYASINING
PREDMETI VA QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI
O‘quv maqsadi. Talabalarda mashinasozlik texnologiyasi fanining
shakllanishi va rivojlanish taraqqiyoti haqida bilimlarni shakllantirish.
Mashinasozlik texnologiyasining obyekti bo‘lib texnologik
jarayon hisoblanadi, predmeti esa texnologik jarayonning qonu-
niyatlarini tashqi va ichki bog‘lanishlarini o‘rnatish hamda
tadqiqodlash hisoblanadi.
Texnologiyaning rivojlanish tarixi qadim zamonlarga borib
taqaladi. Inson paydo bo‘libdiki, u o‘z ehtiyojini qoniqtirishga
Mashinasozligi va texnologiyasi
rivojlanib, eng yuksak pog‘onaga
ko‘tarilgan davlat, eng qudratli va
buyuk davlatdir.
V.S. ÊORSAKOV
7
harakat qilib keladi. Buning uchun u tabiat predmetlarini olib,
uning shakli, o‘lchamlari va sifatini o‘zgartirib, o‘z ehtiyoji hamda
talabini qondiruvchi buyum yaratadi va bu jarayon to‘xtovsiz
takrorlanib insonning turli-tuman talablariga javob beruvchi
buyumlar bunyod etilib kelinadi. Insonning talabi va imkoniyatlari
cheksizdir. U doimo yangilik yaratuvchidir, har bir yaratgan
buyumi texnologik jarayon orqali vujudga keladi. Inson paydo
bo‘lishi bilan texnologiya degan atama yuzaga kelgan desak hech
ham adashmagan bo‘lamiz. Bundan 1000 yil oldin dunyoga
mashhur bobolarimizdan A.R. Beruniyning ilmiy izlanishlar
natijasida bunyod etilgan uskunalar, mashhur tabib Ibn Sinoning
tibbiyotdagi kashfiyotlari, Mo‘g‘ullar ixtilosini daf qilishda urishlar
taktikasiga asos solgan bobomiz Amir Temurning qurol aslahalari,
ularning koinot ilmida tengi yo‘q va koinotni o‘rganish uchun
rasadxona qurdirgan va bir nechta ilmiy kashfiyotlar qilgan
nabiralari Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘p allomalarimizning ilmiy
kashfiyotlari texnologiyaga bog‘liq bo‘lgan.
Qadim zamonlarda ishlab chiqarish juda ham sodda bo‘lgan.
Qurollar jilvirlash xususiyatiga ega bo‘lgan oddiygina toshlar bilan
charxlangan; dastlab keskich asbob ishchi holatida qo‘l bilan ushlab
turilgan, keyinchalik tutqichga daraxt novdalari yoki hayvonlar
paylari bilan bog‘lab qo‘yilar edi.
O‘sha zamonning yutuqlaridan biri aylanuvchi toshni qo‘llash
bo‘ldi - charxlash dastgohining timsoli kabi.
Êeyinchalik aylanma harakatni keramikali buyumlarni tayyor-
lash uchun qo‘llashdi, undan keyin esa yog‘ochdan, hayvonlar
suyaklaridan va oxirida metalldan silindr shaklidagi buyumlar
tayyorlash uchun qo‘llanilaboshlandi.
Shu bilan bir qatorda ishlanuvchi materialni harakatga kelti-
ruvchi moslama qo‘llandi. O‘sha vaqtlarda tokarlik dastgohini
eslatuvchi buyumga komon yoyi (i pi) bilan aylanma harakat
berib, kremniyli keskichni qo‘l bilan ushlab turib, ishlov berilar
edi. Asta-sekin ot bilan aylanma harakatlanuvchi uzatmali tokarlik
dastgohi yaratildi, ammo keskich asbob baribir qo‘lda ushlab
turildi.
8
Metallarga ishlov berishning qadimgi tarixi juda kam o‘rga-
nilgan. Ammo X asrdayoq rus ustalari turli-tuman qurollar, uy
ro‘zg‘or predmetlari va shu kabilar tayyorlash texnikasiga ega
bo‘lishgan. XII asrda rus qurolsozlari keskich asbobni yoki
ishlanuvchi tanavorni aylantiruvchi qo‘l uzatmali parmalash va
tokarlik qurilmalardan qo‘llashgan. XIV—XVI asrlarda qurol
tayyorlash uchun suv tegirmoni aylanma harakat beruvchi tokarlik
va parmalash dastgohlaridan foydalanishgan.
XVI asrda Tula shahrining atrofidagi Oka daryosi yonidagi
Pavlov qishlog‘ida mahalliy temir rudasini ishlatishga asoslangan
metall ishlovchi sanoat barpo etildi. Shunday bo‘lsa ham keskich
asbob qo‘lda ushlab turilgan. Ammo, metall ishlab chiqaruvchi
sanoat Pyotir I zamonasiga kelib asta-sekin rivojlana boshladi,
ustaxonalar fabrika va zavodlarga aylantirilib turli dastgoh, qurilma
va moslamalar bilan jihozlantirildi.
Bu davrga kelib (1680—1756-yy.) yashagan rus mexanigi va
ixtirochisi A.Ê. Nartov (1718—1725) dunyoda birinchi bo‘lib
tokarlik dastgohi uchun tanavor bo‘ylab tishli g‘ildirak va reyka
yordamida harakatlanuvchi mexanik support yaratdi. Biroq, u
bundan tashqari qator original dastgohlar (vintqirquvchi, tishqir-
quvchi, arralovchi va boshq.) ixtiro qildi. Jumladan u, qurol,
tanga va hokazolar tayyorlash uchun qator texnologik jarayonlarni
ishlab chiqdi.
1714-yilda M.V. Sidorov Tula qurolsozlik zavodida «suv ta’sir
etuvchi mashinalar» yaratdi. Shu paytda askar Yakov Âàtishev
24 qurol stvolini bir vaqtda parmalaydigan, stvolni artadigan va
tozalaydigan tegirmonni yurituvchi uzatmasi qo‘llanilgan dast-
gohlar ixtiro qildi. Ularning ishlarini XVIII va XIX asrlar boshlarida
usta-mexaniklar: A. Surin, Ya. Leontev, L. Sobakin, P. Zaxov va
boshqalar davom ettirishdi.
Shu davrda iqtidorli rus olimi M.V. Lîmînîsîv (1711—1765)
lobotokarlik, sferatokarlik va jilvirlash dastgohlarini qurdi.
Bug‘ mashinasining ixtirochisi I.I. Pîlzunov (1728—1764)
bug‘ qozonining ba’zi bir detallarini tayyorlash uchun maxsus
silindir yo‘nuvchi va boshqa dastgohlarni yaratdi. I.P. Pîlzunov
suv sirtining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan suzgich (poplovok),
9
ya’ni oddiy avtomatik qurilma yaratib, ishlab chiqarishni mexa-
nizatsiyalashga birinchi qadamni qo‘yishga sababchi bo‘ldi.
Rus mexanigi I.P. Êulibin (1735—1818) soat mexanizmini
tishli g‘ildiraklarini tayyorlash uchun maxsus dastgohlar yaratdi.
O‘sha vaqtda harbiy ishlab chiqarish yagona ommaviy ishlab
chiqarishning namunasi bo‘ldi, u ishlab chiqarish texnologiyasiga
o‘zaro almashinuvchanlik tamoyilini kiritilishiga asos bo‘ldi.
Ma’lumki, o‘zaroalmashinuvchanlik tamoyili bo‘yicha ishlab
chiqarishni tashkil etish instruksiyasi Rossiyada ishlab chiqildi va
Tula zavodiga yuborildi. Bu deyarli 25 yil fransuz muhandisi
Leblandan va 100 yil avval angliyalik ishlab chiqaruvchilar syezdi-
gacha, ya’ni Djozef Vitvord o‘zaroalmashinuvchanlikning asosiy
vazifalarini ifodalab bergunga qadar amalga oshgan edi.
XIX asrning oxiri XX asr boshida ba’zi bir korxonalarda
detallarning ishchi chizmalarida tayyorlash qo‘yimlari (dopusklari)
ko‘rsatila boshlandi.
Texnologik jarayonlarning o‘rganilaboshlanishi, ya’ni tanavor-
larga ishlov berish uslublari, buning natijasida o‘lchamiga, shak-
liga, sifatiga va ularning ishiga qo‘yiluvchi talablarga mos keluvchi
tayyor buyum olinishi, o‘tgan asrning birinchi yillariga to‘g‘ri
keladi.
Tabiat predmetlarining sifatini o‘zgartirib, o‘z ehtiyojini
qondiradigan buyumlar yaratish jarayoniga Dostları ilə paylaş: |