3
ÊIRISH
O‘zbekiston iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilishi,
respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo‘nalishidan
raqobat-
bardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi,
mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning
har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, mashi-
nasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, mashinalar
va buyumlar bilan ta’minlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldida
turgan muhim vazifalardan biridir. Albatta, bu vazifalarni bajarish
uchun turli-tuman mahsulotlarning
ishlab chiqarish hajmini
oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga
ega bo‘lgan robotlashtirilgan, avtomatlashtirilgan kichik va katta robot
texnologik
komplekslarni, kompyuter
bilan boshqariluvchi
korxonalarni yaratish kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda Vatanimiz
mashinasozlik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida
ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to‘ldirilmoqda.
Mashina va
uskunalarni xilma-xil moslamalar, mexanik qo‘l, sanoat robotlari
bilan jihozlash orqali texnologik
jarayonlarni kompleks mexa-
nizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlari davom etmoqda.
Mashinasozlik ishlab chiqarishning tayyorlov va yig‘uv sexlari
ishlarini mexanizatsiyalashtiradigan hamda avtomatlashtiradigan
dastgoh, mexanizmlar, ko‘tarish, tushirish va tashish qurilmalari
kompleksi tatbiq etilmoqda. Êo‘p mashinasozlik korxonalarda:
Toshkent TTZ, Navoyi mashinasozlik zavodi (NMZ), UzDEU
Asaka avtomobil zavodi, Samarqand mashinasozlik va sovutkichlar
chiqarish korxonalarida yangi zamonaviy yuqori unimdor dastgoh
va mexanizmlarni joriy qilish asosida, unumdor va ilg‘or
texnologik
jarayonlar yaratilishi davom etmoqda.
Êelajakda O‘zbekiston yuksak
darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina
emas, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari
bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: