8 9
o‘ttiz besh yoshida, ya’ni 1944-yili avtomobil halokatida vafot
etganini bilib olgansiz.
Zulfiya she’riyat muxlislariga oradan bir yil o‘tib, ya’ni 1945-
yili yozgan «Bahor keldi seni so‘roqlab» she’ri bilan baxt va
bahor haqida jo‘shib kuylagan yori – turmush o‘rtog‘i Hamid
Olimjonning hayotini, she’rlarini eslatadi. Shu niyatda tabiatga
murojaat qiladi, uni xayolan o‘z suhbatdoshiga aylantiradi.
Mana, qimmatligim,
yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari.
«Qani o‘sha kuychi, xayolchan, yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?»
«O‘rik oppoq bo‘lib gullagani»ni kuylagan yigitni izlab kel-
gan bahor shabboda bo‘lib bog‘larni, qir-adir, yashil qirg‘oqlarni
qidirib
chiqqani, izlarini topolmagach, bo‘ronga aylanib tog‘lar
toshlarini qulatib, na’ra tortganini aytar ekan, shoira bu bilan o‘z
qalbidagi holatni ifoda etadi. Suyukli kishisidan, ikki farzan-
dining otasidan ayrilish, judolik alamlarini ramziy obrazlarda
ko‘rsatadi. Shoirini topolmay sarson
kezgan bahor uning uyiga,
yotog‘iga kirib keladi. Shoirani so‘roqqa tutib qalb yaralarini
yangilaydi.
Qanday javob aytay, loldir tillarim.
Ana shunday holatga tushgan shoira bahorni yorining qabriga
boshlab boradi. U esa bor haqiqatni anglagach, alamda tutoqib
daraxtga, endigina uyg‘onayotgan kurtaklarga dardini aytib ko‘z
yosh to‘kadi. Bu endi shamollar esib, yomg‘ir yog‘ib
turgan ho-
latning ramziy ifodasi. Shu tariqa shamollardan tebranib, yomg‘ir
suvlarida yuvilgan gul-u rayhonlarning atri olamni tutib, go‘yo
9 0
!
bir qo‘shiq kuylayotganday mayin, hayotbaxsh ohanglar taraladi.
Demak, lirik qahramonning bahor tufayli qalbida uyg‘ongan
dard, alam-u azoblari o‘sha gullar atridan, ya’ni bahorning bor
atrofga go‘zallik, yoshlik, yashillik bag‘ishlashidan taskin topib,
tarqalib, yorug‘likka, umid va orzularga yana quchoq ochadi.
Shoira shundan so‘ng «O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot»
deya she’rni baland pardalarga ko‘tarib, bag‘oyat
hayotbaxsh,
tantanavor yakun yasaydi.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
She’rning ana shunday yakun topishi go‘yoki qishning sovuq,
qorong‘u kunlaridan keyin bahor fasli bor tabiatga yorug‘lik,
yasharish bag‘ishlaganiga o‘xshash qiyosiy,
ramziy tasavvur
beradi. Shoiraning badiiy mahoratiga, ya’ni ramzlardan, o‘xsha-
tish va jonlantirish kabi she’r san’atlaridan mohirona foydalana
bilganiga qoyil qolasiz. Zulfiya she’rlariga qiziqishingiz yanada
ortadi.
Dostları ilə paylaş: