Qiziqarli savollar-2
1.Marketologlarning aytishlaricha bu uch so‘zdan iborat yozuv
ko‘pgina mashhur firmalarning ashaddiy kushandasi ekan. Savol:
yozuvni aniq talaffuz qiling.
2. «BARSELONA» futbol klubining rahbariyati
futbolchilarning
maydondagi samarali faoliyatini ta’minlash uchun erkaklarga xos
bo‘lmagan bir xizmat ko‘rsatish bo‘limini tashkil etgan. Savol: bu
erkaklar uchun qanday noodatiy bo‘lim bo‘lishi mumkin?
3. Savol: Familiyasi Tven bo‘lgan mashhur adib ismi + “go‘sht”
so‘zining sinonimi + ingliz tilida “Davom” zamonining qo‘shimchasi
=”........” Bu qaysi so‘z ?
4. Gitler hukmronligi davrida Germaniyada
Coca-cola ichimligi
qat’iyan taqiqlanadi. Shundan so‘ng nemislar fantaziyasidan kelib
chiqib. U kashf etiladi. Savol: uni toping?
5. Quyidagi ro‘yxatni o‘qing: fotokamera, videokamera, uyali telefon.
Marketloglarning aytishi bo‘yicha aynan ro‘yxatdagilar bo‘yicha eng
ko‘p X (iks) sotuv usuli qo‘llanilar ekan. Savol:
qanday sotuv usuli yoki
X (iks)ni toping?