O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
bOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
5112000 - “jismoniy madaniyat” ta’lim YO‘nalishi
«Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi» fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Futbolchilarning tezkorlik sifatini oshirish
Bajardi:
|
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 301- guruh talabasi Sh.Ikramov
|
Ilmiy rahbar:
|
Jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi J.Eshpo‘latov
|
Toshkent – 2020
REJA
KIRISH.
1.Yosh futbolchilarning tezkorlik sifatlarini rivojlantirish nazariyasi usul va uslublari.
2.Yosh futbolchilarda tezkorlik va tezlikka chidamlilikni o'rgatish
3.Yillik mashg‘ulotlar rejasini to‘zish va mashg‘ulotlar davomida sport maxoratini rivojlantirish.
4.Futbolchilarning tezkorlik sifatining o‘smirlik davridagi dinamikasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
“Kelajakda O`zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma`naviy jihatdan yetuk
farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim”
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunga kelib jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini to‘zish to`g`risida”gi Farmonida: “Bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko`nikmalarini singdirish, sport sohasida iqtidorli bolalarni tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko`maklashish” lozimligi alohida ta`kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmoni, 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida” PQ-2821-sonli va 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika “Talaba” sport federatsiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” jamiyati birlashtirilib, uning negizida “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi” tashkil etildi.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya va sport tizimida asosiy o`rinni egallaydi. Sport o`yinlari umumta`lim, kasbhunar va oliy ta`lim muassasalarida fan dasturlariga kiritilgan. Bu borada bolalarni BO‘SM va maxsus ixtisoslashtirilgan sport maktab internatlarda katta ishlar olib borilmoqda. Buning natijasini joriy etilgan uch bosqichli tizim «Universiada» sport musobaqalarida yaqqol ko`rish mumkin. Shu sababli «Sport harakatli o`yinlar», «Sport turlaridan hakamlik», «Sport mahoratini oshirish» fanlari bo`yicha pedagogik faoliyatda zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
Kurs ishining maqsadi futbolchilarning tezkorlik sifatini oshirish, jismoniy va amaliy tayyorgarlik mashg‘ulotlarni o‘rganishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: futbolchilarning amaliy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va to`garak mashg`ulotlari.
Kurs ishining predmeti: yosh futbolchilarning tezkorlik sifatlarini rivojlantirish nazariyasi usul va uslublari
Kurs ishining vazifalari:
Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy-metodik adabiyotlarnim, darslik, o`quv qo`llanmalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
Yosh futbolchilarning tezkorlik sifatlarini rivojlantirish nazariyasi usul va uslublari.
Xozirgi asrga kelib adabiyotlar taxlili shuni ko‘rsatadiki, tezkorlik –kuch sifatlarini oshirish uchun ko‘plab tadkikot ishlari, ilmiy izlanishlar va amaliyotlar, har-xil usul va uslublar xamma sport turlari uchun ishlanib urganilib chiqilmokda.
Xozirgi zamon futbolida o‘yin usullari takomillashib, futbolchilarning o‘yin harakatlari mukammallashib bormokda. Futboldagi yangi va samarali usullarning paydo bo‘lishi, futbolchilarning harakatlari yuksak darajada bo‘lishini talab etmokda. Har bir futbolchi bir o‘yin davomida jamoasining galaba kozonishi uchun ko‘pgina harakatlarni bajarishadi (31,32).
Bizga shu narsalar ma’lumki, futbolchilarning maydondagi asosiy harakatlariga: yurish, yugurish, tup bilan yurish, tup bilan yugurish, sakrashlar, tupga zarba berish tup bilan aldab utish, tup uzatish, to‘pni tuxtatish, to‘pni yon chizikdan tashlash, jarima tupini bajarish, burchakdan to‘pni tepish, fintlar, podkad tashlash, to‘pni anik muljalga yetkazish, rakib bilan tup uchun kurashish va boshqa bir qancha harakatlar kiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, futbol mutaxassislari uz tadkikot ishlarida futbolchilarning yuqorida ta’kidlangan harakatlarini urganishgan va ular uchun kerak bo‘lgan usul va uslublarni ishlab chiqishgan(31,38,60).
Uzbekiston terma komandasining yirik millatlararo musobaqalarda katnashish taxlili xamda ilmiy izlanishlar materiallari shuni ta’kidlaydiki, musobaqalar paytida samaradorlikka yetolmaydigan asosiy sifatlardan biri futbolchilarimizning jismoniy tayyorgarligining va tezkorlik-kuch tayyorgarligining pastligidir(34,45,59).
Ilmiy izlanishlarga kushilgan holda 17 yoshga tulgan futbolchilarda tezkorlik-kuch sifatlari yuqori kvalifikatsion sportchi darajasiga yetib borgan bo‘ladi. Keyinchalik uning sifatlari sezilarli darajada uzgaradi. Bunday jarayon sabablaridan biri nerv koordinatsiya alokalari va nerv tukima apparati shakllanishining tuxtashidir. Yana bir tomondan esa uslubiy faktorlarni ta’siri bo‘ladi. Bunda mashg‘ulotlar davomida tezkorlik-kuch sifatlariga yunaltirilganlik yetarli darajada emasligi va mashg‘ulot samaradorligini oshirayotganda qo‘llaniladigan usul va uslublar oddiy, bir xilda ekanligi sabab bo‘lib kelmokda(45,59).
V.V.Kuznetsovning (48) ta’kidlashicha, tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish uchun maxsus usul va uslublardan kelib chiqqan holda sportchilarda nerv koordinatsiya alokalarini tarbiyalash yuqori natijalarga erishishdir.
Futbolning nazariyasi va amaliyotida yosh futbolchilarda bir xil jismoniy sifatlarni shakllantirishda As-Safar (10) bir o‘yinda 15 ta tezkorlik-kuch sifatlarini kuzatgan. Bulardan bir nechtasi tezkorlik-kuchni rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Lekin yosh va malakali futbolchilarning o‘yin samaradorligi bir-biri bilan solishtirib kurilishi diqqat markaziga aylanmokda(1-jadval).
Olimlarning ta’kidlashicha yosh futbolchilar malakali futbolchilarga karaganda belgilangan vaqt ichida ko‘prok usullarni bajarar ekan. 1-jadvalda ko‘rinib turganidek, ko‘rsatkichlar urtasidagi fark juda katta. Lekin xozirgi zamon futbolida esa bunday katta fark bo‘lishi mumkin emas.
1-jadval.
Har-xil yoshli futbolchilarning o‘yindagi harakatlar ko‘rsatkichlari (As-Safar)
№
|
Harakatlar nomi
|
O‘yindagi xatti-harakatlar soni
|
O‘yindagi masofalar
|
Sport ustalari
|
Yoshlar
|
Sport ustalari
|
Yoshlar
|
1
|
Tez yugurishlar (rivok)
|
244
|
380
|
3400
|
5018
|
2
|
Tez to‘xtash bilan tugaydigan yugurishlar
|
144
|
401
|
2045
|
4450
|
3
|
Yo‘nalishni uzgartirib yugurishlar
|
115
|
228
|
2434
|
4292
|
4
|
To‘p olib yurishlar
|
106
|
185
|
1436
|
2160
|
5
|
Oyoqlar bilan zarbalar
|
319
|
473
|
5886
|
7718
|
6
|
Bosh bilan zarbalar
|
36
|
80
|
469
|
880
|
7
|
Jarima va erkin to‘plar
|
21
|
27
|
433
|
594
|
8
|
Burchak to‘plari
|
6
|
12
|
194
|
332
|
9
|
Darvoza yonidan to‘p o‘yinga kiritishlar
|
12
|
24
|
337
|
745
|
10
|
To‘p tuxtatishlar
|
141
|
261
|
|
|
11
|
Turtishlar
|
31
|
153
|
|
|
12
|
To‘qnashuvlar
|
101
|
67
|
|
|
13
|
To‘p otishlar
|
18
|
14
|
|
|
14
|
Sakrashlar
|
66
|
32
|
|
|
15
|
Yiqilishlar
|
32
|
75
|
|
|
V.D.Kudryavtsev tadqiqotida shuni ta’kidlaydiki, 11-14 yoshli futbolchilarda jismoniy jihatlar tezkorlik, tezkorlik-kuch, kuchlilik sifatlari hamda texnik-taktik o‘sishlari deyarli bir xil bo‘ladi. Lekin juda tez sifatlarning o‘sishi 12-14 yoshda kuzatilar ekan.
I.M.Asovichning ta’kidlashicha 11-19 yoshli futbolchilarning tezkorlik sifatlarini ustirish dinamikasi quyidagi rivojlanishlarga bog‘liq bo‘ladi:
A. har-xil yoshdagi sportchilarning tezkorlik-kuch sifatlarining o‘sishi va o‘zgarishi bir xil emasdir. Tezkorlik-kuch sifatlarining yuqori o‘sish darajasi 14-16 yoshli futbolchilarda kuzatilar ekan.
B. 11-13 yoshli va 17-18 yoshli futbolchilarning o‘sish tendentsiyasi va stabilizatsiyasining ma’lum bir rivojlanishi axamiyat kasb etadi.
V. Tezkorlik-kuch sifatlarining qanchalik o‘sganligini 18 yoshdan o‘tgan futbolchilarda sistemali sport mashg‘ulotlarida kuzatish mumkin.
V.G. Makarenko jismoniy sifatlarni o‘sishini etaplarga bo‘lib chiqdi:
1. Tezkorlik. 10 yoshdan 15 yoshgacha
2. Chidamkorlik. 10 yoshdan 16 yoshgacha va 18 yoshdan yuqorilarga
3. Tezkorlik kuch sifatlari. 11 yoshdan 16 yoshgacha, deb belgiladi.
D.V.Chulibayevning ta’kidlashicha, futbolchilarda tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish dinamikasi quyidagicha harakterlanadi:
A. natijalarning o‘sishiga qarab, 15-30 metrga startdan chiqishini baholash.
B. tayyorgarlik jarayonini oxirida 60 metrga yugurish natijasini ma’lum bir oshirish.
V. Musobaqa jarayonida 60 metrga yugurishning yuqori tezligini uzun fazalarda ushlay bilish .
G. Musobaqa jarayonining tugashiga vertikal sakrashlarning yuqori natijasidan ham oshirishga harakat kilish .
V.N.Shukin shuni ta’kidlaydiki, tezkorlikni oshirish uchun quyidagi mashqlardan foydalanilsa maqsadga muvofiqdir: yugurayotgan vaqtlarda to‘pni oyok bilan olib yurish, yugurayotganda tup bilan mashqlar bajarish, bundan tashqari to‘pni har-xil olib yurishlar, aldab utishlar, tup uzatishlar, darvozaga to‘pni tepish usullari kiradi. Bir mashqni bajarilishi uchun o‘rtacha 5-7 soniya vaqt beriladi. Yugurish oralig‘i 35 metr bo‘ladi. Ushbu mashqlar bajarish masofasini va vaqtini taqsimlay bilish mashqning ko‘p marotabalab bajarishiga bog‘liq. Bu mashqlar futbolchilarning qobiliyatining o‘sishiga va funktsional jismoniy sifatlarini oshishiga olib keladi.
Zamonaviy futbolni rivojlanishi uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklari a’lo darajada bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Bu tayyorgarlikning zarur tomonlaridan biri tezkorlik va tezkorlik-kuch sifatlaridir.
Bola va o‘smir yoshidagilarda bu sifatlarni tarbiyalash juda ham kerakli jarayondir. Yosh futbolchilar ma’lum bir miqdorda tezlilik va kuchlilik va tezkorlik-kuch sifatlari bilan boshqa sport turi bilan shug‘ullanayotgan sportchilardan orqada. Bu sifatlarni tarbiyalash esa 11-12 yoshdan boshlab o‘rinlidir.
G.L.Drandrovning ta’kidlashicha, 14-16 yoshli futbolchilarda tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish ularning nerv sistemalariga uzviy bog‘liqdir.
B.A.Vyatkin va V.A.Salnikovlarning ta’kidlashicha, kuchli nerv sistemasiga ega bo‘lgan sportchilarni tarbiyalash jarayonida sportchining organizmiga psixologik ta’sirlar, diqqatni oshirish va optimal usullardan foydalanish kiradi.
Yosh futbolchilarda tezkorlik va tezlikka chidamlilikni o'rgatish
Ushbu mashg'ulot uchun ikkita maqsad mavjud:
1) yugurish tezligini oshirdi - mushaklarning kuchayishi va kuchayishi, qisqarish / bo'shashish (tezlik) vaqtini qisqartirish,
2) tezlikni oshirish - orqaga qaytish vaqtining pasayishi va tezlashishlar sonining ko'payishi, yugurish paytida sarflangan energiya zaxiralari oshadi.
Mashqlar quyidagicha amalga oshiriladi: 10 soniya biz iloji boricha jadal ishlaymizkeyin Keyingi mashqgacha 50 soniya dam oling. Har mashqda bir daqiqaga to'g'ri keladi. Har bir davrada 4 daqiqa. Shubhasiz, bu qisqa mashg'ulot, masalan, uchta doirada 12 minut va intensiv ish vaqti atigi 2 minut. Intensiv ishning davomiyligi o'zgarishi mumkin, ammo 10 sekunddan oshmang. Yangi boshlanuvchilar 8 soniyani sinab ko'rishlari mumkin. Ish vaqtining dam olish vaqtiga nisbati 1: 5. 1: 6. Mashqlar orasida suhbatlashishning hojati yo'q, bolalar nima qilishni yaxshi ko'radilar. Nafasni xotirjam ravishda tiklash kerak, yurak urish tezligi pasayadi, siz bir necha kichkina suvni ichishingiz mumkin. Agar ehtiyoj bo'lsa, dam olish vaqtini 1,5-2 ga oshirish mumkin, bu esa mashg'ulotlarning yaxshilanishi bilan asta-sekin keyingi mashg'ulotlarda qisqartiriladi.
Xavfsizlik haqida bir oz. Treningda biz pulsga e'tibor qaratamiz. Bolalar uchun maksimal yurak urish tezligi (yurak urish tezligi) 190 darajasida qabul qilinadi. Biz tayyor bolalar haqida gapirayapmiz, bunday mashg'ulot sport bilan shug'ullanishni boshlashingiz uchun birinchi mashg'ulot bo'lishi kutilmaydi. Biz maksimal 180 ga e'tibor qaratamiz, lekin hech qachon bunga erishmadik. 173 - bu bizning maksimal ko'rsatkichimiz.
Yurak urishi tezligini o'lchagichni ishlatishingiz mumkin yoki umuman, tomir urishini o'lchash va soniya hisoblagich yordamida o'lchashingiz mumkin. Maksimal 180 zarba / soat
Keling, mashqga o'taylik. Men ta'kidlamoqchimanki, bu erda texnologiya fonda, ishning intensivligi - energiya sarfi. Albatta, mashqlarni texnik jihatdan to'g'ri bajarish tavsiya etiladi, bu muvofiqlashtirish va sog'liq uchun juda yaxshi, ammo texnikani "bosish" ning foydasi yo'q. Vaqt o'tishi bilan texnologiya sifati oshadi, ammo hozircha biz intensivlikka e'tibor qaratmoqdamiz.
1. Mashq: yugurish (uyda bo'lsa - joyida ishlaydigan).
Yugurayotganda, sonning baland ko'tarilishiga e'tibor bering - erga parallel ravishda. Umuman olganda, yugurish tezligi oyoqlarning tezligiga va qadam uzunligiga bog'liq: Yuqori sonli holat uzoq qadamning zaruriy elementi. Qo'llar iloji boricha keskin harakat qilishlari va atrofga tarqalmasligi kerak. Agar siz tanani o'ng va chap qismlarga ajratsangiz, u holda qo'llar o'rtada qolib ketmasliklari kerak. Burilish balandligi iyak darajasida. Oldinga nazar. Agar biz uyda o'z joyimizda yuguradigan bo'lsak, u holda yon tomonga siljish emas, balki bir joyda turish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |