Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Yillik mashg‘ulotlar rejasini to‘zish va mashg‘ulotlar davomida sport maxoratini rivojlantirish



Yüklə 368,13 Kb.
səhifə4/4
tarix22.06.2020
ölçüsü368,13 Kb.
#32101
1   2   3   4
kurs ishi Ikramov


Yillik mashg‘ulotlar rejasini to‘zish va mashg‘ulotlar davomida sport maxoratini rivojlantirish.
Adabiyotlar tahliliga qarab ko‘rganimizda yillik mashg‘ulotlarni yosh futbolchilar uchun ishlab chiqilgan dasturlarining ahamiyati juda katta. Yillik mashg‘ulotlar o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda maxsus mashg‘ulotlar B.O‘.S.M lari uchun ishlab chiqilgan. O‘quv dasturlarida mashg‘ulot guruhlari va sport maxoratini oshiruvchilar uchun ko‘rsatmalar o‘z aksini topgan. O‘quv dasturlarida nazariy o‘quv materiallari, jismoniy tayyorgarliklar, taktik tayyorgarliklar, texnik tayyorgarliklar sportchilarga beriladigan nagruzkalarning mavsumiy bo‘linganligi, yuqori guruhlarga o‘tish uchun berilgan normativlar alohida bajariladigan maxsus mashg‘ulotlar har-xil yoshdagilar uchun mashg‘ulotlarning yillik taqsimlanishlari ko‘rsatilgan.

Bulardan tashqari yana bir qancha olimlarimiz yillik mashg‘ulotlarni ishlab chiqishgan. Ular bu yo‘llar bilan yillik mashg‘ulotlarni to‘g‘ri bo‘linganligi hamda o‘quv mashg‘ulot guruhlari va sport maxoratini oshiruvchilar uchun, murabbiylar uchun kerakli qo‘llanmalarni yaratishmoqda.

K.S.Boranbaev (21) o‘z ishida 11-12 yoshli futbolchilarni o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida kuch sifatlarini oshirish va sport maxoratlarini rivojlantirishlarini tahlil qildi.

Olim o‘z ishida yillik mashg‘ulotlarga va o‘yinlarga ketadigan vaqtni sport maktablari uchun ishlab chiqdi.

Ko‘plab olimlarning (10,21) ta’kidlashicha 11-12 yoshli futbolchilar uchun va maxsus bolalar va o‘smirlar futbol maktablari uchun, mashg‘ulot uchun belgilangan soatlar ma’lum miqdorda futbolning nazariyasi va uslubiyatiga to‘g‘ri kelmaydi.

Ya.A.Salemning ta’kidlashicha, yillik mashg‘ulot dasturida to‘zilgan o‘quv-mashg‘ulot guruhlari uchun maxsus mashqlar oyiga 75% dan 93 % gacha to‘p bilan bajariladigan mashqlardir. Bunday mashg‘ulotlar hamisha ham tezkorlik-kuch sifatlarini oshirish uchun maxsus usullar bo‘la olmaydi.

Ilmiy izlanishlarda juda ko‘p ishlar o‘quv-mashg‘ulot jarayonining muammolari va yosh futbolchilarning tipologik va mediko–biologik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lanib kelmoqda.

G.L.Drandrovning ta’kidlashicha, mashg‘ulot samaradorligini oshirish uchun yosh futbolchilarning nerv sistemasining kuchiga qarab mashq miqdorini bo‘lish va rejalashtirish kerak.

V.VKovalyovaning ta’kidlashicha mashg‘ulot yuklamalari samaradorligini oshirish uchun sportchilarning yoshiga qarab differentsial yondashish kerak bo‘ladi. Bunda mashg‘ulot qo‘llanmalarini sportchilarning yoshiga qarab, jismoniy yo‘nalganligiga qarab nagruzkalarni bo‘lish kerak. Shug‘ullanuvchi tanasining funktsional imkoniyatlariga qarab ular 3 guruhga bo‘lingan: past natijali, o‘rta natijali va yuqori natijali.

Yillik mashg‘ulotlarni rejalashtirish bu murabbiylar uchun murakkab vazifalardan biridir. Bu jarayon o‘ziga juda ko‘p diqqat va e’tiborni qamrab oladi. Chunki rejalashtirish mashg‘ulot vaqtlarini to‘g‘ri belgilash va bo‘lish, yuqori natijalarni oshirish va samarali natijalarni keltirib chiqarishni belgilaydi.

Chet el mutaxassislari va ilg‘or olimlarimizning izlanishlarini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, tayyorgarlikning boshlang‘ich davridagi o‘quv-mashg‘ulotlari ishlari quyidagi printsiplar asosida (9,28,) olib borilishi lozim bo‘ladi:


  1. O‘quv-trenirovka mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda bolalarni faqat o‘ynab o‘rganayolmayotgan yo bo‘lmasa qo‘pol xatolar qilib o‘rganayotgan texnik priyomlar va taktik harakatlar bilan shug‘ullantirish lozim. O‘yinda kam uchraydigan vaziyatlarni, biroq muhim biomexanika asosini tashkil etuvchi harakatlarni alohida o‘rgatiladi..

  2. Texnik va taktik tayyorgarliklar bo‘yicha o‘quv materiallarini bosqichma-bosqich emas, balki spiralsimon o‘rgatish lozim.

Bunda albatta quyidagi vazifalar qo‘yilishi lozim:

A. Futbolchilarning texnik va taktik harakatlarini turli-tumanligi haqida keng ko‘lamda tushuncha berish.

B. Eng muhim texnik va taktik harakatlarni maxorat va malaka darajasiga ko‘tarish.

V. Yosh futbolchilarni tayyorlashni dastlabki bosqichida o‘yin, o‘quv-mashg‘ulotlarining samarali vositalari va g‘alaba qozonish ilmini bolalikdan o‘rgatishlardir.

Ko‘pchilik olimlarning fikricha (8,9) yosh futbolchilarning harakat aktivligini oshirishda va ularni har tomonlama tayyorlashda quyidagilarni amalga oshirish zarur:


  • O‘yin vaqtini kamaytirish.

  • O‘ynaladigan ochkolar sonini oshirish, kuniga bir nechtadan o‘yin utkazish.

  • Komandadagi o‘yinchilar sonini kamaytirish.

  • O‘yin maydonini kamaytirish.

  • Rakiblarni tez-tez almashtirib turish.

  • Musobaqalarni blits – turnir shaklida utkazish.

Bunday mashg‘ulotlarni yosh futbolchilarga samarasi o‘yin vaziyatlarida kerak bo‘ladigan nostandart xolatdagi maxsus mashqlarni katta xajmda urganishga olib keladi.

Bolalar va o‘smirlar (11) futboli nazariyasi va amaliyotida tavsiya etilayotgan mikrotsikllar barcha davrlarda mos keladigan yillik reja uchun universaldir. Lekin bunda tayyorgarlik turlari uchun vosita va vaqtni takkoslash foizi uzgaradi xolos. 5-6 maxsus sinflar o‘quvchilari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik davridagi vaqt 25% ga teng bulsa, texnik tayyorgarlikka 25%, taktik tayyorgarlikka esa 20% to‘g‘ri keladi.

Futbol mutaxassislari S.A.Savin, N.M.Lyukshinovlar mashg‘ulotlar davrini rejalashtirish paytida vositalarning quyidagi nisbatiga muljal olishni tavsiya kiladilar :

Mashg‘ulot davrining bosqichlar buyicha vositalarning foiziy nisbati.

2-jadval.



Tayyorlov bulimlari

Tayyorlov davri

Umumta’lim bosqichi

Maxsus tayyorlov bosqichi

1

Jismoniy tayyorgarlik

50

30

2

Texnik tayyorgarlik

30

35

3

Taktik tayyorgarlik

20

45

Vositalarning ana shunday taqsimlanishi, umuman olganda, futbolchilarning sport formasi tiklanishi davri to‘g‘risidagi amaliyotchilarning tasavvuriga mos tushadi.

2-jadvalda ko‘rsatilgan (9) rakamlar shartlidir va shuning uchun yanada anik rejalashtirishga tayyorlanish nagruzkalarining nazorati asosiy koidalariga rioya kilish zarur.

Bu mashqlarning jismoniy nagruzkalarini rejalashtirish paytida e’tiborga olish kerak. Ayniksa murakkab texnik taktik mashqlardan foydalanish bilan utkaziladigan o‘quv-tayorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirish paytida anik bo‘lishi lozim.

Bunday ko‘rsatkichlardan tashqari murabbiyning o‘zini xam rejasi bo‘lishi kerak.

K.Grendler, X.Palke, X.Xemmolar (35) ning ta’kidlashlaricha, maksadli, vijdonli murabbiylar yillik mashg‘ulotlar bilan chekinib kolmasdan, o‘zi uchun oylik rejami yoki biron maksad sari to‘zilgan rejalar bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar taxlili shuni ko‘rsatadiki, futbolchilarning layokatligiga va qobiliyatlariga har tomonlama anik baxo berilishi futbolchi kelajagining samarali bo‘lishiga, sport maxoratining takomillashishiga musobaqalarda yaxshi katnashishiga, yosh futbolchilarning sport maxoratlarini yanada oshirishlariga, mashg‘ulot jarayonining uslubiy jixatdan qanchalik to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Yosh futbolchilarning tezkorlik-kuchi sifatining o‘smirlik davridagi dinamikasi.

Yosh futbolchilar o‘sishi (o‘smirlik davrigacha), ya’ni 9 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan davrda ularning tezkorlik-kuchi sifati 40-45% oshib boradi . Shuni aytish lozimki 100%li tezkorlik-kuchi sifati darajasini oshirishda, biz 19 yoshli malakali futbolchilarning quyidagi ko‘rsatmalarini oldik, bular barchasi turli sakrash mashg‘ulotlaridan tashkil topgan: joydan turib uzunlikka sakrash va sakraganda 40sm, uch xatlab sakrash va balandlikka sakrash 241,5 ±1,95sm, 238,5±2,07sm, 745±14,2sm va 500±2,5sm.larga mos keladi. Joydan turib uzunlikka sakrash va sakraganda balandligi 40sm bo‘lishi kerak, xamda uch xatlab sakrash va balandlikka sakrash 11 yoshli futbolchilarda 70,8%, 69,2%, 65,6% va 62,6% tashkil kilgan holda ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatmalarning urtacha bir yillik natijasi 2,92%, 3,1% va 3,75%ga oshishni tashkil kiladi. Futbolchilarning tezkorlik-kuchi sifatlari oshishi notekis holda yuz beradi. Shunday kilib bularning dinamikasini 3 bosqichga bo‘lish mumkin: 1) 9 yoshdan 13 yoshgacha; 2) 13 yoshdan 17 yoshgacha; 3) 17 yoshdan 19 yoshgacha. Ko‘rsatmalarga tayangan holda bu bosqichlarda yuqoriga sakrash 12,2%, 26,9% va 4,2% tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki futbolchilarning eng yuqori tezkorlik-kuchi sifati oshishi o‘smirlik bosqichida ya’ni 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan davrda yuz beradi. Bu xol uzunlikka sakrash, balandga sakrash va uch xatlab sakrashda 24,7%, 25,9% va 23,6%ni ko‘rsatganligi xam tasdiklayapti.

Joydan turib balandlikka sakrash natijalariga kura 9 yoshdan to 19-20 yoshgacha bo‘lgan davrda tezkorlik-kuchi sifati ma’lum darajaga oshganligini ko‘rsatadi. 9-10, 10-11, 11-12, 12-13, yoshlarda o‘smirlar guruhida uning mavjud bulmagan o‘sishi 2,5% dan 3,6% gacha yetadi, asosan 13-16 yoshli o‘smirlar guruhlarida tez o‘sish bilan uzgaradi. 9-17 yoshli futbolchilarining joydan turib sakrash ko‘rsatmalari buyicha ilmiy adabiyotlar asosida tezkorlik-kuchi sifatlarining baxo shkalalari statistik materiallari ishlanmalariga ega. Bu shkala buyicha yosh futbolchilarning o‘smirlik guruhlariga qarab ularning tezkorlik-kuchi sifatlarining o‘sish darajasini baxolash mumkin.

Yosh futbolchilarning tezkorlik sifatining o‘sish dinamikasi.

Bizning tadkikotlarimiz natijalariga kura va ilmiy metodik manbalarga tayangan holda 10 yoshli futbolchilar 15 va 30 metr masofaga startdan boshlab yugurishning umumiy tezligi 17,7% va 19,3%dan oshadi.

Chukurlashtirilgan mashg‘ulotlar olib borish davrida (12 yoshdan 16 yoshgacha) tezlik imkoniyatlari ma’lum bir darajada samaralirokdir. Ya.A.Salem ma’lumotlariga kura 30m masofaga yugurish tezligi 17,7% tashkil etadi. Ayniksa o‘smirlar guruhi, ya’ni 13-14 yoshlardagi futbolchilarda o‘sish samarali bo‘ladi (9%-10% atrofida).

Tezkorlik imkoniyatlari eng kam o‘sish tempi sportning mukammalashtirish bosqichida quyidagi xollarda aniklanadi: 16 yoshdan malakali futbolchilar bo‘lgan darajasigacha bo‘lgan davrda 15 va 30 metrlar 4,9% va 5,6% startdan boshlagandan iborat.


Xulosa

  1. Futbolni zamonaviy talab darajasi asosida rivojlantirish futbolchilarning yuqori jismoniy tayyorgarligini talab etadi, shulardan eng asosiylaridan biri bu tezkorlik va tezkorlik kuchi sifatlaridir. Yosh va o‘smirlar yoshida bu sifatlarni tarbiyalashda eng muxim davr deb xisoblanadi. Adabiyot manbalarning taxliliga kura, yosh futbolchilar boshqa sport turlariga nisbatan tezkorlik va tezkorlik kuchi sifatlarining tayyorgarligi ma’lum bir darajada pastrok bo‘ladi. Ushbu sifatlarni tarbiyalashda 11-13 yoshdagi o‘smirlar davri eng muxim bosqichlardan biri deb xisoblanadi. Tarbiyalash davrida tezkorlik-kuch sifatlari, xajmi, vosita va metodlarni uzgartirish o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini ma’lum bir darajadagi ijobiy natijalarini ko‘rsatadi.

  2. Adabiyotlarni urganib va o‘quv-mashg‘ulot jarayonini taxlil kilib quyidagi xulosaga kelish mumkin, yoshlarga va o‘smirlarga tezkorlik-kuch tayyorgarligiga yetarli darajada e’tibor berilmaydi. Shuning uchun tezkorlik-kuchni yoshlarda va o‘smirlarda tayyorlaganda asosan xozirgi talablarga javob beradigan metodlar bilan tarbiyalash kerak. Xozirgi davrgacha har xil guruhdagi yosh futbolchilarni «zarba» metodini tezkorlik-kuch sifatlarini oshirishga karatilgan xech kanday tadkikotlar olib borilmagan.

  3. Yil davomidagi o‘quv-mashg‘ulot ishlarining taxlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quv-mashg‘ulotiga sarflangan umumiy vaqt 430 kalendar soatni tashkil etdi. Bu vaqt bolalar sport maktabining dasturiga to‘g‘ri keladi. Shundan ko‘p vaqtni anik mashg‘ulotlarga, ya’ni 87%dan93%gacha o‘quv-mashg‘ulotining butun xajmini tashkil etadi. Dasturda ko‘p soatlar anik bulmagan mashg‘ulotlarga ajratilgan.

  4. Bir yillik aylanma o‘quv-mashg‘ulot darslarining taxlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quv-mashg‘ulot darslarining va musobaqalar xajmi 12-13 yoshdagi futbolchilarda 522 soatni tashkil etadi. Bu B.O‘.S.M dasturidan ancha kam ekanini ko‘rsatadi. Bu xolat bir qancha dalillar bilan tushuntiriladi. O‘quv-mashg‘ulot darslarining ko‘p xajmi maxsus tup bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarga ajratilgan (har oy mobaynida 75%dan 93%gacha). Bunday mashg‘ulotlar har doim tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalash nuktai nazaridan ijobiy natijalar bermagan. Dasturga tezkorlik-kuch tayyorgarligi, ayniksa tup bilan foydalanish mashg‘ulotlari kiritilganda, bu mashg‘ulotlar qo‘llaniladigan metodni, ya’ni «zarba» metodining samaradorligini kamaytiradi. 12-13 yoshli futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulotining asosiy yunalishi umumiy va maxsus chinikishga yunaltirilgan tarbiyalashdir (butun vaqtning 52,2%). Tezkorlikka bo‘lgan chinikish vaqtning 6,5%, mashg‘ulot darslarining umumiy vaqti chakkonlikka va egiluvchanlikka bo‘lgan kuchlar – 16,2% vaqtlar ajratiladi. Eng kam vaqtlar tezlikni (12,3%) va tezkorlik kuch sifatlarini (12,8%) tarbiyalashga ajratiladi. Ushbu xollarda nazariy-metodika buyicha sportga bo‘lgan tayyorgarlikning va murabbiylarning amaliy faoliyatilari urtasidagi asosiy tafovuti xisoblanadi.

  5. Shu narsa aniklandiki, 12-13 yoshli futbolchilarni tayyorlaganda o‘quv-mashg‘ulotlarining ko‘prok kismi chinikishni tarbiyalashga – 45,8%; bir yil davomida tarbiyalashning tezkorlikka chinikishning 6,1% sarflanadi. Umumiy vaqtning - 6,8% kuch imkoniyatlariga, 21,3% vaqt chakkonlik va egiluvchanliklarni tarbiyalashga ajratilgan. 11,8% vaqt yugurish tezligini va tezkorlik-kuchi sifatlarini tarbiyalashda – 8,2% vaqtlar sarflanadi. 11-12 yoshda bo‘lgan yosh futbolchilarda har xil turdagi jismoniy sifatlarni tarbiyalaganda va bu metodlar ko‘pchilik yosh futbolchilarni tayyorlash maktablarida ma’lum bir darajada futbol nazariyasi va metodikasi talablariga javob bermaydi. Bu yoshda vaqtning ko‘p kismini chakkonlik, egiluvchanlik, tezkorlik va tezkorlik-kuchi sifatlariga bo‘lgan tarbiyani oshirish kerak. Tezkorlikka va umumiy chinikishga yunaltirilgan tarbiyani bir oz yosh futbolchilarning yoshi utganda tarbiyalash kerak.

  6. 11 yoshdagi yosh futbolchilarning 15 metrga bo‘lgan yugurish tezligi 82,2%, yoshi katta malakali futbolchilarning 30 metrga bo‘lgan yugurish tezligiga nisbatan 79% tashkil etadi. Bir yildan keyin yugurish tezligi 15 metrga 5,7%ga oshadi, 30 metrga esa 5%ga oshadi. Tezkorlik-kuch sifatlari bo‘yicha o‘sish taxminan quyidagicha: uzunlikka sakrash -5,5%; uch xatlab sakrash -3,6%; balandga sakrash -20,4%. 11-yoshli futbolchilarning darajasi 69,8; 70,6 va 64,9% tashkil etadi. Aniklangan natijalarga kura,11 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davrda tezkorlik va tezkorlik-kuch sifatlarining o‘sishi baland bulmagan ko‘rsatkichni ko‘rsatadi.

  7. 12 yoshli futbolchilar musobaqa mobaynida bajaradigan tezkorlik ishlarining umumiy xajmi urtacha 110 metrni tashkil etadi. Bunda tup bilan bajariladigan tezkorlik ishi xajmi 42 metrga, tupsiz esa – 68metrga teng. O‘yin davomida tezkor yugurishning umumiy mikdori 13,7ga teng, tup bilan -5,2 marta, tupsiz -8,3 marta teng. Ko‘p xollarda yosh futbolchilar o‘yin davomida 5 metrdan 15 metrgacha bo‘lgan masofalarda tezkor yugurish va tezkorlikni oshirishni bajaradilar. Bir soatli o‘quv-mashg‘uloti vaqtida urtacha tezkorlik ishlari xajmi 136,2 metrni tashkil etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘quv-mashg‘ulotlarining tezkorlik ishi xajmi yuqori emas deb xisoblash mumkin.

  8. Yuqoridan chukurlikka va yuqoriga sakrash ijobiy natijalarni berganligini ko‘rsatdi. 12-13 yoshli futbolchilar uchun 40 sm eng kulay balandlik deb xisoblanadi. Joydan turib yuqoriga sakrash va chukurlikka sakrash 20 sm, 40 sm va 60 sm; 54,3 sm, 56,4 sm va 54,4 sm balandliklarni tashkil kiladi. Yuqoriga sakrash vaqti uzgarmaydi va 227,9 m/s va 225,9 m/s.larni tashkil etadi. Yosh sportchilar sakraganda, ularning muskul kuchi ishlash vaqti bir oz kamayadi.

  9. 12-13 yoshli futbolchilar o‘quv-mashg‘ulotlarning va adabiyot manbalarning taxliliga, xamda balandlikka va chukurlikka sakrash natijalariga kura, quyidagi xulosalarni ko‘rsatadi:

    • yosh futbolchilarning tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalashdagi eng kulay metod, bu «zarba» metodidir;

    • «zarba» metodini kullashda yuqoridan sakrashdan keyin, yuqoriga sakrash va uzunlikka sakrash qo‘llaniladi;

    • har kuni ikkita «zarba» mashg‘ulotini olib borish kerak;

    • bir soatlik mashg‘ulot darslarida «zarba» metodini kullaganda, bu metod 20-25 daqiqadan oshmasligi kerak;



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi

  2. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. 2016.

  3. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. 2016.

  4. Kerimov F.A. Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. 2000 y. Toshkent.

  5. Abdullaev A., Xonkeldiev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. darslik. 2000 y. Toshkent.

  6. Achilov A.M. Akramov J.A. Goncharova O.V. Bolalarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash. O‘quv qo‘llanma. 2004y. Toshkent.

7. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g’risida”gi qonuni. T.: 2015 y.

8. Xolmirzayev E.J., Nematov B.I., Xo`janiyozov B.I. Sport anjomlari va jihozlari – T., 2010.

9. Коненко И., Малахов Г. Спортивные сооружения. Профиздат, 1960.

10.Raximov M.M. Sport trenirovkasi nazariyasi va metodikasining asoslari.- T., 2000

11. Официальные правила баскетбола ФИБА. -М., 1994.

12. Abdiyev A.N, Jumanov O.S, Ne`matov B.I. Sport alifbosi.-T.,2008.


Elektron ta`lim resurslari

1. www.sport.uz

2. www.ziyonet.uz

3. www.edu.uz








Yüklə 368,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin