I-Modul topshiriqlari
Quyidagi variantlar asosida Windows Forms ilova dasturini yarating.
Dasturingizga Screen Recorder dasturlari yordamida video tavsif tayyorlang.
Videotavsifingiz quyidagilar aks etishi ozim:
- Ilova dasturining yaratilish jarayoni
- ilova dasturingizning vazifalari
- dasturning bajarilishi tavsifi
- variant boʻyicha javoblaringiz
- web camera orqali videotavsifda oʻzingizning ham tasviringiz boʻlishi
HEMIS tizimiga tayyorlagan videotavsifdan olingan screenshotlar hamda dastur
kodi pdf qilib yuklansin.
VARIANTLAR
1-variant. DriveInfo.txt fayliga joriy kompyuterdagi disklar haqida (Disk nomi,
tipi, fayl tizimi, hajmi, undagi boʻsh joy, tizimdagi belgisi haqida) ma’lumot yozuvchi
ilova dasturi yarating. Dasturingizda istisno holatlari ham hisobga olinsin
2-variant. Koʻrsatilgan diskdagi mavjud katalog va fayllar roʻyxatini hosil
qilivchi ilova dasturini yarating. Dasturingizda istisno holatlari ham hisobga olinsin.
3-variant. Koʻrsatilgan joyda katalog va katalog ichida katalog yaratuvchi (bu
katalog nomlari foydalanuvchi tomonidan berilsin), yaratilgan kataloglar haqida
ma’lumot beruvchi ilova dasturi yarating. Dasturingizda istisno holatlari ham hisobga
olinsin
4-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Unda joriy katalogdagi
fayllar roʻyxatini raqamlangan holda chiqaring. Shu katalog ichida yangi katalog
yarating, katalog nomi foydalanuvchi tomonidan tanlansin. Foydalanuvchi tanlangan
raqamdagi fayl nusxasini shu yangi katalogga koʻchiring. Dasturingizda istisno
holatlari ham hisobga olinsin.
5-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Unda 1 ta CheckedListBox,
1 ta RichTextBox va bitta Button komponentasini joylashtiring. CheckedListBoxda
matnli fayllar roʻyxatini hosil qiling (kamida 3 ta). Ushbu roʻyxatdan fayllar tanlanib,
Button tugmasi bosilganida tanlangan fayllar matni qoʻshilib, yangi – conjoint.txt fayli
yaratilsin va ushbu fayl matni RichTextBoxga yuklansin
6-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Unda 1 ta RichTextBox va
1 ta Button komponentasini joylashtiring. Ilova dasturingiz *.exe fayli joylashgan
papkada ixtiyoriy matnli tarkibga ega boʻlgan MyFile.txt faylini yarating. Buttonning
Click hodisasiga shunday kod yozingki, dasturingiz ishga tushurilganida
foydalanuvchi RichTextBoxda matn kiritib Buttonni bosganida shu matn MyFile.txt
oxiridan qoʻshilib borsin.
7-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Bitta matnli fayl berilgan. Unda uchraydigan
textBox1 orqali berilgan barcha satrlar textBox2 orqali berilgan soʻzlarga
almashtirilsin va natija yangi faylga yozilsin.
8-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. K-
nomerdagi satrdan keyin boʻsh satr qoʻyilsin. Agar bunday nomerli satr mavjud
boʻlmasa, u holda fayl oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
9-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. Undaki K-
nomerdagi satr oʻchirilsin. Agar faylda bunday nomerdagi satr mavjud boʻlmasa, u
holda fayl oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
10-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. Faylning har
bir satridan birinchi k ta belgi oʻchirilsin (agar satr uzunligi K dan kichik boʻlsa, u
holda satrning hamma belgilari oʻchirilsin).
11-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Matnli fayl berilgan. Fayldagi hamma katta lotin
harflari kichik harflarga va aksincha, barcha kichik lotin harflari katta harflarga
almashtirilsin.
12-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: K (0 satrga ega matnli fayl berilgan. Shu faylning oxirgi K ta satri oʻchirilsin.
13-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: K (0 satrga ega matnli fayl berilgan. Boshlangʻich faylning oxirgi K ta elementidan iborat
boʻlgan yangi matnli fayl hosil qilinsin.
14-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun son va matnli fayl berilgan. Fayldan K-
nomerdagi abzas oʻchirilsin (abzas bir biridan bitta yoki bir nechta boʻsh satrlar bilan
ajratiladi). Oʻchirilgan abzasdan oldin va kiyin keluvchi boʻsh satrlar oʻchirilmasin.
Agar berilgan nomerdagi abzas mavjud boʻlmasa u holda fayl oʻzgartirishsiz
qoldirilsin.
15-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. Yangi satrli
fayl hosil qilinsin va unga boshlangʻich fayldagi uzunligi K ga teng boʻlgan barcha
soʻzlar yozilsin. Soʻz deb, probellarga, tinish belgilariga ega boʻlmagan va probellar,
tinish belgilari yoki satrning boshi/oxiri bilan chegaralangan belgilar toʻplamiga
aytiladi. Agar boshlangʻich fayl K uzunlikdagi soʻz boʻlmasa, u holda natijaviy fayl
boʻsh holda qoldirilsin.
16-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Matnli fayl va lotin harflarining bosh harflaridan
C (bu yerda C oʻzgaruvchi) belgi berilgan. Matnli fayl hosil qilinsin va unga
boshlangʻich fayldagi barcha shu C harfidan boshlanuvchi soʻzlar yozilsin (katta yoki
kichik harflar bilan boshlanuvchi). Soʻz deb, probellarga, tinish belgilariga ega
boʻlmagan va probellar, tinish belgilari yoki satrning boshi/oxiri bilan chegaralangan
belgilar toʻplamiga aytiladi. Agar boshlangʻich fayl tarkibida mos soʻzlar mavjud
boʻlamsa, u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
17-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Matnli fayl va lotin harflarining kichik harflaridan
C (bu yerda C oʻzgaruvchi) belgi berilgan. Matnli fayl hosil qilinsin va unga
boshlangʻich fayldagi barcha shu C harfidan boshlanuvchi soʻzlar yozilsin (katta yoki
kichik harflar bilan boshlanuvchi). Soʻz deb, probellarga, tinish belgilariga ega
boʻlmagan va probellar, tinish belgilari yoki satrning boshi/oxiri bilan chegaralangan
belgilar toʻplamiga aytiladi. Agar boshlangʻich fayl tarkibida mos soʻzlar mavjud
boʻlamsa, u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
18-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Bir xil oʻlchamdagi butun sonlardan iborat ikkita
fayl berilgan. Shu sonlardan, kengligi 30 ta belgidan iborat boʻlgan ikkita ustunga
ajratilgan matnli fayl hosil qilinsin. Birinchi ustunda birinchi boshlangʻich fayl sonlari,
ikkinchisida esa ikkinchi boshlangʻich fayl sonlari joylashadi. Matnli fayldagi har bir
satrning boshi va oxiriga “|” ajratuvchi (kod 124) qoʻshilsin.
19-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: 10 ta raqamdan iborat S satr va lotin harflaridan
iborat matnli fayl beilgan. Matnli fayli quyidagicha shifrlang: Matnli fayl satrining K
– belgisini, shu belgining kodiga S satridagi K – raqamini qoʻshishdan hosil boʻlgan
kod belgisiga almashtiring. Agar K=11 boʻlsa, ya’na satrning birinchi raqamidan
boshlang.
20-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: listBoxga textbox komponentasi orqali 4 ta
faylning nomi kiritiladi. Shu fayllarning qaysilari textBoxda koʻrsatilgan katalogda
joylashgani aniqlansin.
21-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Manfiy boʻlmagan butun sonlardan iborat fayl va
K soni berilgan (K butun). Faylning K - elementi chop qilinsin (elementlar 1 dan
boshlab nomerlanadi). Agar bunday element mavjud boʻlmasa, (-1) chop qilinsin.
22-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Elementlari soni 4 dan koʻp boʻlgan butun sonlar
iborat fayl berilgan. Ushbu faylning birinchi, ikkinchi, oxirgi va oxiridan bitta oldingi
elementlari chop qilinsin.
23-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Ikkita haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu
fayllarning birinchisi boʻsh boʻlmagani ma’lum va ikkinchisi joriy katalogda mavjud
emas. Mavjud boʻlmagan fayl yaratilsin va mavjud boʻlgan faylning birinchi va oxirgi
elementi shu faylga yozilsin. (tartibi buzilmagan holda)
24-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Ikkita haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayllardan
biri (birinchisi boʻlishi shart emas) boʻsh boʻlmagani ma’lum va boshqasi esa joriy
katalogda mavjud emas. Mavjud boʻlmagan fayl yaratilsin va mavjud boʻlgan faylning
birinchi va oxirgi elementi shu faylga yozilsin. (tartibi buzilmagan holda).
25-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Berilgan fayl
elementlarini teskari tartibda saqlovchi yangi fayl hosil qilinsin.
26-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Berilgan ketma-ketlikni dastlabki n ta xadi
yigʻindisini toping: 𝑆 =
( )
+
( )
+ ⋯ +
( )
. Bunda input.txt faylida bir nechta
satrda n ning qiymatlari (1 ≤ 𝑛 ≤ 20) beriladi. Har bir satrdagi n uchun S ning
qiymatini hisoblab, output.txt fayliga yozilsin
27-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Yuzasi s va balandligi h bo`lgan uchburchak
berilgan. Uni asosini toping. Bunda input.txt faylida bir nechta satrda s va h ning
qiymatlari butun sonlarda (1 ≤ 𝑠, ℎ ≤ 100) beriladi. Har bir satrdagi s va h lar uchun
masala yechimini hisoblab, output.txt fayliga yozilsin
28-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Butun sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil
qilinsin. Ulardan birinchisi boshlangʻich faylning juft sonlarini, ikkinchisi esa toq
sonlarini oʻzida saqlasin. Agar boshlangʻich faylda juft yoki toq sonlar mavjud
boʻlmasa u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
29-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Butun sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil
qilinsin. Ularning birinchisi boshlangʻich faylning musbat sonlaridan (teskari tartibda),
ikkinchisi esa manfiy sonlaridan (teskari tartibda) iborat boʻsin. Agar boshlangʻich
faylning manfiy yoki musbat sonlari mavjud boʻlmasa u holda natijaviy fayl boʻsh
holda qoldirilsin.
30-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida
quyidagi masala yechimi hal etilsin: Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayl
elementlarining oʻrta arifmetigi topilsin.
Dostları ilə paylaş: |