boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korrupsiyaga qarshi salohiyatini oshirishga, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga katta yordam ko‘rsatadi. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami mavjud qonunlar asosida qo‘yilishini taqozo etadi. Jamoatchilik nazoratining mohiyat jihatidan huquqiy nazorat ekani fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to‘la mos keladi. Ayni paytda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, huquqiy davlatni yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazoratining o‘zi ham mavjud qonuniy me’yorlarga asoslanishi lozim. Davlat organi o‘zining nazorat funksiyalarini amalga oshirishda jamoatchilik nazorati sub’ektlaridan kelib tushadigan axborotdan foydalanadi, jamoatchilik nazorati esa, o‘zining funksiyalarini ko‘pincha tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshiradi. Ana shunday o‘zaro bog‘liqlik mamlakatimizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida hamda mazkur qonun loyihasini hayotga tadbiq qilish bo‘yicha Buxoro va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan eksperiment davomida o‘zining yorqin ifodasini topdi. NNTlarning vujudga kelishi ob’ektiv voqelikning in’ikosi bo‘lib, hatto eng rivojlangan demokratik mamlakatlarda ham davlat o‘zining fuqarolariga o‘z organlari va mansabdor shaxslarining suiiste’molliklardan xoli ekaniga to‘la kafolat berolmaydi. Demokratiya fenomenining yirik tadqiqotchilaridan bo‘lgan Aleksis de Tokvil demokratik tuzumning mohiyati hukumatning hokimiyatini cheklashda, deb talqin qilgan edi. Insonning