borishi jarayonida oddiy xalq va hokimiyat o‘rtasidagi bevosita aloqalar murakkablashib boradi. Masalan, qishloq joylarda har bir fuqaro qishloq oqsoqoli bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega. SHaharlarda, ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday imkoniyatga ega emas. Bunday shaharlarda har doim vositachilar paydo boTadiki, ular bir tomondan, xalqning ehtiyoj va kayfiyatini yuqori idoralarga etkazib tursa, ikkinchi tomondan, hokimiyat faoliyati to‘g‘risida aholiga axborot etkazib turadi. Ana shunday vositachilar jumlasiga ommaviy axborot vositalari, reklama va piar agentliklarini kiritish mumkin.SHundan xulosa qilib aytish mumkinki, xalq va hokimiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki turli boTishi mumkin:
1. Unchalik katta boTmagan ijtimoiy tizimlar uchun xos boTgan bevosita o‘zaro ta’sir. 2. SHaharlar va umuman, katta ijtimoiy tizimlarda hokimiyat va aholi o‘rtasida bavosita o‘zaro ta’sir vujudga keladi. Bunda vositachilik vazifasini ommaviy axborot vositalari, PIAR va reklama agentliklari kabilar bajarishadi. 2. Jamoatchilik nazorati tizimi Jamoatchilik nazorati juda qadim zamonlardan buyon mavjud. Masalan, ibtidoiy jamoada shaxs xulqini jamoa nazorat qilgan. Agar shaxs xulq-atvorida jamoa tomonidan qabul qilingan me’yorlardan og‘ish bo‘lsa, jamoa a’zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli tomonga o‘zgartirgan. O‘zbekistonda qadimdan o‘zini o‘zi boshqarish organi boTgan mahalla nazoratchilik funksiyalarini ham bajargan. Bunday funksiyani mahalla jamoasi yuqoridan tushirilgan farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy me’yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan. Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fanga ijtimoiy