etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mazkur tashkilotlar davlat boshqaruvining rejalashtirish bosqichlaridayoq ishtirok etish huquqi ular davlat hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar va dasturlarini rejalashtirish bosqichidayoq nazoratqilishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, har qanday nazorat, jumladan, jamoatchilik nazoratining samaradorligi davlat hokimiyati organlari, jumladan,mahalliy davlat hokimiyati organlari muayyan tadbir va dasturlarni amalga oshirib bo‘lgandan keyin ularning qonunlarga mos yoki mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo‘ladi. Lekin bunday yo‘l tutish samarali emas. CHunki tadbir yoki dastur amalga oshirilib, unga davlatning, ya’ni soliq to‘lovchilarning mablag‘lari sarflanib bo‘lgandan keyin bu tadbir yoki dastur o‘rinsiz ekani aniqlansa, bu tadbir yoki dastur uchun mablag‘lar noo‘rin sarflangan,deb topish ehtimol to‘g‘ridir. Lekin endi noo‘rin sarflangan mablag‘larni qaytarib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham NNTlar o‘zlarining nazorat qilish huquqini o‘sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur. Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi uchun