yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.” 10 Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, barcha fuqarolik jamiyati institutlarini jamoat birlashmalari tashkil qiladi. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari jamoat birlashmalari sifatida jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Mana shu jumlaning o‘zida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil qilishdagi o‘rni va roli o‘z ifodasini topgan. Jamoat birlashmalari orasida siyosiy partiyalar jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda ancha faol ishtirok etmoqda.Mamlakatimizdagi eng ko‘p sonli jamoat tashkiloti kasaba uyushmalaridir. Ular mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish va nazorat qilish kabi masalalarda birqancha ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Tashkilot va korxonalardagi Jamoa shartnomalarining ma’muriyat tomonidan bajarilishini nazorat qilish kasaba uyushmalarining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani kasaba uyushmalarining ko‘pchilik boshlang‘ich tashkilotlari qoniqarli bajarmoqda. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim omillardan hisoblangan ommaviy axborot vositalari taraqqiy topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘nlab nodavlat telekanallari, yuzlab bosma axborot vositalari faoliyat
yuritmoqda. Ularning bari jamoatchilik nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratida ular ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular mazkur jarayonda bevosita ishtirok etishlaridan tashqari nazoratning boshqa sub’ektlari tomonidan aniqlangan qonunga xilof holatlarni keng jamoatchilikka etkazishda muhim rol o‘ynaydi. Ular etkazgan