Bizning mamlakatimizda jamoatchilik nazorati bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik ekspertizasining maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini, shuningdek, mazkur qarorlar fuqarolar manfaatlariga hamda jamoatchilik fikriga qay darajada mosligini aniqlashdan iborat. Jamoatchilik ekspertizasi murakkab jarayon bo‘lganligi tufayli, uning ob’ektivligi va xolisligiga erishishning asosiy yo‘li ekspertlarning hamkorlikda ish olib borishidir. Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli. Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli dastlab atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni o‘rganishda qo‘llangan. Masalan, O‘zbekistonda nazoratning monitoring shakliOrolbo‘yi mintaqasida bir qator holat va ko‘rsatkichlarnikuzatish maqsadida o‘tkazilgan. Jamoatchilik nazoratiga ekologiya sohasidan kirib kelgan mazkur usul, keyinchalik, jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham qo‘llana boshladi. Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida mavjud muammolarni hal qilish yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Lekin, vujudga kelayotgan yangi muammolar taraqqiyotning yangi, yuqoriroq bosqichida, shu bosqichning talablariga mos ravishda hal qilinadi. Ana shunday muammolarni samarali hal qilish uchun jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tadrijini muntazam tahlil qilish zarurati vujudga keladi. Ana shunday tahlil
talablariga jamoatchilik monitoringi to‘la javob beradi. Ijtimoiy munosabatlar tadrijini tashxis qilish va bashorat qilish vazifasini bajaruvchi jamoatchilik monitoringi, ayni paytda, mazkur jarayonlarni boshqarish bo‘yicha tezkor axborot olish imkonini ham beradi. Jamoatchilik monitoringining boshqa tadqiqot usullaridan afzalligi shundaki, uning yordamida