O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik qurilish instituti


ijtimoiy ko‘rsatkichlarning keng doirasi bo‘yicha olinadigan ma’lumotlarni muntazam to‘ldirib va



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix31.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#60241
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Seminar 12-mavzu uslubiy korsatma

ijtimoiy ko‘rsatkichlarning keng doirasi bo‘yicha olinadigan ma’lumotlarni muntazam to‘ldirib va 
uyg‘unlashtirib borish imkoni paydo bo‘ladi. Axborotlarni ana shunday to‘ldirish va 
uyg‘unlashtirish asosida muntazam yangilanib turuvchi axborot banki yaratiladi. Ayni mana shu 
afzalligi jamoatchilik monitoringining keng tarqalishi uchun asos yaratmoqda. 
Jamoatchilik monitoringi jamoatchilik faolligining yangi shakli bo‘lib, muayyan tizimlar 
to‘g‘risida muntazam va ilgarilab boruvchi axborot olish imkonini beradi. Olingan axborotlarda 
tizimning holati monitoring ko‘rsatkichlari yordamida ifodalanadi. Monitoring ko‘rsatkichlari 
komplekslik va integrativlik mezonlari asosida shakllanadi. Komplekslik tushunchasi tizimning turli 
tarkibiy qismlari to‘g‘risida axborot olishni anglatsa, integrativlik mezoni olinayotgan axborotning 
o‘sha tarkibiy qismlari o‘zaro ta’sirini ifodalashni ta’minlaydi. Mazkur axborotlar tizimdagi 
miqdoriy va sifat o‘zgarishlarni o‘zaro aloqadorlikda ifodalaydi. 
“Monitoring” tushunchasi muayyan ob’ektlarning holati to‘g‘risida maxsus tashkil etilgan 
tizimli kuzatishni anglatadi. Masalan, atrof-muhitni monitoring qilish tabiatdagi ob’ektlarning holati 
va ulardagi o‘zgarishlarni kuzatishni anglatadi. 
Jamoatchilik monitoringi nodavlat notijorat tashkilotlar va umuman, fuqarolik jamiyati 
institutlari tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatining amaldagi qonunchilikka mos yoki 
mos emasligini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi. Jamoatchilik monitoringi davlat 
hokimiyati organlari faoliyatiga baho berish bilan birga, zarur boTgan hollarda ularni korreksiya 
qilish imkonini ham yaratadi. 
Jamoatchilik monitoringi quyidagi tamoyillarga asoslanib o‘tkaziladi: 
- tizimlilik va xolislik; 
- qonuniylik va ochiqlik

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin