Qonunlarning loyihalari bo‘yicha loyiha mavzusi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan ekspertlar jalb qilinadi. Ayni paytda, qonunlarni qabul qilishda ekspertlardan tashqari, turli maqsadli guruhlarga murojaat qilish ham zarur bo‘ladi. Bunday maqsadli guruhlarga mazkur qonunning qabul qilinishidan manfaatdor bo‘lgan tomonlarni kiritish mumkin. Masalan, chorvachilikni rivojlantirishga oid qonun qabul qilinmoqchi bo‘lsa, uning loyihasi muhokamasiga, birinchi navbatda, chorvadorlarning vakillari jalb qilinishi kerak. Bundan tashqari, chorva hayvonlariga em- xashak etkazib beruvchi dehqonlar, omuxta em etkazib beruvchi sanoat vaklillarini ham jalb qilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, chorvachilik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi keng xalq ommasi vakillari ham ishtirok etishi shart bo‘ladi. Mana shu bir qonun loyihasini muhokama qilishga jalb qilinganlar orasida bir necha maqsadli guruh vakillarini ko‘rish mumkin. Sanab o‘tilgan guruhlardan tashqari, qonun loyihasini muhokama qilishga mamlakatimizdagi ijroiya va qonun chiqarish organlarining, shuningdek, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillarini ham jalb etish maqsadga muvofiq. Bulardan tashqari, qonun loyihasini muhokama qilishda fuqarolik jamiyatlari institutlari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, yoshlar tashkilotlarining vakillari ham) ishtirok etishi zarur bo‘ladi. Sanab o‘tilganlardan tashqari, mamlakatdagi har bir fuqaro qonun muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy jarayon bo‘lib, davlat boshqaruvida siyosiy qadriyatlarni, ya’ni fuqarolarning siyosatni ishlab