chiqishdagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Davlat boshqaruvi uchun siyosiy qadriyatlardan tashqari, huquqiy qadriyatlar ham xos bo‘lib, ular siyosiy qarorlar qabul qilish chegaralarini belgilab beradi, alohida fuqarolarning va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlarini himoya qiladi. Qarorlar qabul qilishda siyosiy va huquqiy qadriyatlardan tashqari, boshqaruv qadriyatlari ham mavjud bo‘lib, ular qonunlarni amalga tadbiq qilish jarayonida namoyon bo‘ladi. Huquqiy qadriyatlar jumlasiga huquqning ustuvorligi, tenglik kabilar kirsa, boshqaruv qadriyatlariga boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligi, optimalligi kabilarni kiritish mumkin. Jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishda ishtirokchilar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari, xulq- atvor qoidalariga hamda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish reglamentiga amal qilishlari shart. Muhokama qilinayotgan loyihani ko‘rib chiqayotgan davlat hokimiyati organi yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organi jamoatchilik muhokamasi tashkilotchisini mazkur tavsiyalarni ko‘rib chiqish muddati va tartibi to‘g‘risida oldindan xabardor qilishi shart. Jamoatchilik surishtiruvi. Jamoatchilik surishtiruvi keng jamoatchilikka ma’lum boTmagan va kam o‘rganilgan, ayni paytda, jamoatchilik qiziqishini uyg‘otgan muammoni atroflicha va batafsil tadqiq etish maqsadida o‘tkaziladi. Jamoatchilikning qiziqishini uyg‘otadigan masalalar jumlasiga jinoyatchilikni fosh etish yoki oldini olish, jamoat tartibini buzish, korrupsiya va adolatsizlikni fosh etish, odamlarning salomatligi va xavfsizligini himoya qilish, ijtimoiy muhim masalalar bo‘yicha etarli ma’lumot asosida qarorlar qabul qilinishi uchun zarur boTgan axborotni ommalashtirish kabilarni kiritish mumkin. Jamoatchilik surishtiruvining ob’ekti ko‘pchilikni qiziqtirgan har qanday hodisa, voqea yoki