muayyan davr (chorak, yarim yil yoki yil) davomida rejalarning qanday bajarilayotgani to‘g‘risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari hududdagi aholiga xizmat ko‘rsatadigan barcha tashkilot va muassasalarning rahbarlari hozir boTishadi. Tinglov davomida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, rejadan orqada qolish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning toTaligi va sifati singari masalalar ham muhokama qilinadi. Bunday tinglovlar mamlakatimizdagi barcha hududlarda an’ana tusini oldi. Jamoatchilik tinglovi yakunlari bo‘yicha tashkilotchiquyidagi vazifalarni bajarishi zarur: - qaror loyihasi bo‘yicha tayyorlangan hujjatga tinglov jarayonida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli o‘zgarishlar kiritish; - jamoatchilik tinglovi natijalarini hujjatlashtirish. Jamoat tinglovining asosiy hujjatlari quyidagilar: muhokama qilinayotgan loyiha, berilgan savollar hamda takliflar, ularga berilgan javoblar; jamoatchilik tinglovining bayonnomasi; tomonlarning kelishmovchiligi qayd etilgan yakuniy hujjat; loyihaga tinglov natijasida kiritilgan o‘zgarishlar ro‘yxati. Jamoat tinglovining yakunlovchi hujjatini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish tavsiya etiladi Jamoatchilik tinglovi muammoga ekspertlarni jalb qilish, tinglov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish, jamoatchilik tinglovini o‘tkazadigan joyni ijaraga olish kabi moliyaviy mablagTarni talab etadigan masalalar bilan bog‘liq. Odatda, tegishli moliyaviy mablag‘ bu muammoni hal qilishdan manfaatdor tomon va hal qilish uchun buyurtma bergan buyurtmachi yoki investor tomonidan qoplanadi. SHuningdek, qo‘shimcha mablagTar (xayriya mablagTari, jamoat tashkilotlari a’zolaridan tushgan badallar) ham jalb qilinishi mumkin.