ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini shakllantiradi. O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat organlari barcha sohalaridagi faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga aylantiradi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash, ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayyorlanayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik qarorlarni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish,ijroiya hokimiyati organlari qoshida jamoatchilik kengashlarini tuzish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish bilan bog‘liq. Jamoatchilik nazoratining hokimiyat vakolatlariga ega emasligi, uning etarli ta’sir kuchiga ega emasligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin. Aslida, unday emas. Jamoatchilik nazorati jarayonida aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat organlariga yoki jamoatchilik fikriga murojaat etish orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati sub’ektlari nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy mexanizmlardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan foydalanadi. Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo‘llab- quvvatlashda ham namoyon bo‘ladi. Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir. SHuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy