davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. SHuning uchun mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha maxsus qonun qabul qilingan. Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ- huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi n ma’lumotlar; Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini
tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida ham fuqarolarning birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: “Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy deklaratsiyaga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas о
huquqi sifatida mustahkamlab qo‘yiladi” Mazkur Qonunda “jamoat birlashmasi” tushunchasiga ta’rif ham berilgan: “O‘z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda