Opratsion tizimlari
54
kompyuterda aloqa o‘rnatish jarayoni bajarilgandan keyin kompyuterlarni ulanishi o‘rnatib
bo‘linadi. Bunda kompyuterlardan birida "Master" ("bosh") ikkinchisida esa "Slave"
("bo‘ysunuvchi") rejimi tanlanishi kerak. Boshqa kompyuterning ulanishga tayyor bo‘lishini
kutish paytida ekranda tegishli xabar (Waiting to connect...) ko‘rinib turadi.
Kompyuterlar ulanib bo‘linganidan so‘ng bosh kompyuterning foydalanuvchisi Norton
Commander yordamida bosh kompyuterdan fayllarning nusxalarini ko‘chirib bo‘ysunuvchi
kompyuterga yuborishi va teskarisini amalga oshirishni, bo‘ysunuvchi kompyuterda fayllar
hamda kataloglar yaratish, ularni qayta nomlashi, chiqarib tashlashi, shuningdek, bo‘ysunuvchi
kompyuterdagi fayllarning tashqi belgilari (atributlar)ni o‘zgartirishi mumkin. Bunda Norton
Commanderning so‘rovlarida ushbu fayl yoki katalog bo‘ysunuvchi kompyuterda joylashganini
ko‘rsatish uchun fayl va kataloglarning nomlari oldiga "Link:" yozuvini qo‘shish mumkin.
Bo‘ysunuvchi kompyuterda fayllarni ko‘rib chiqish va tahrir qilish qo‘llab-quvvatlanmaydi.
Siz o‘zingizni qiziqtirgan fayllarning nusxalarini o‘z kompyuteringizga ko‘chirishingiz va
o‘sha erda tahrir qilinishingiz mumkin. So‘ngra zarur bo‘lib qolsa, fayllarning tuzatilgan
nusxalarini bo‘ysunuvchi kompyuterga qaytarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: